Yagona portalning yangi talqindagi mobil ilovasi ishga tushirildi
16.03.2021
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Raqamlashtirish jarayonlarida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga elektron hukumatning tamoyillarini keng joriy qilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida nafaqat vaqtni, mehnat va moliya harajatlarni tejashga yordam beradi, eng asosiysi, fuqarolarimiz uchun qulaylik yaratib beradi, ularga qator xizmatlarni tezkor ravishda taqdim etishga zamin yaratadi.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqildi (https://my.gov.uz). O‘tgan yillar mobaynida mazkur tizim sifati va imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirildi.

Mazkur ishlarni izchillik bilan davom etirishsh maqsadida Yagona portalning mobil ilovasi ham yaratilib ishga tushirildi.

Mobil ilova foydalanuvchilari qanday imtiyozlarga ega? Foydalanuvchilar o‘z shaxsiy ma’lumotlarni qulay va avtomat tarzda to‘ldirishga, hujjat va ma’lumotlarni uchinchi shaxsga taqdim etishga, Elektron hukumat xizmatlaridan foydalanishda vaqtida xabardor bo‘lish va to‘lovlarni tezkorlik bilan to‘lashga ega bo‘ladi. E’tiborlisi, joriy etilgan xizmatlarda elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Mobil ilova orqali avtomat tarzda, bir zumda quyidagi ma’lumotlarni olish mumkin:

  • yashash joyi bo‘yicha, soliqdan qarzi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • pensiya haqida ma’lumot;
  • hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida ma’lumot;
  • masofadan turib, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish;
  • STIRni aniqlash;
  • hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish: elektr energiya, issiq suv, ichimlik suvi.

Mazkur ilovani quydagi havolalar orqali yuklab olish mumkin:

Google Play — https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.mygov

App Store — https://apps.apple.com/uz/app/mygov-uz/id1544175166

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq