Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabi o‘quvchilari matematika bo‘yicha “Qo‘qon olimpiada”si g‘oliblari bo‘ldi
15.03.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari matematika fani bo‘yicha Qo‘qon olimpiadasida go‘liblikni qo‘lga kiritdi.

Matematika fanidan bilimli va iqtidorli yoshlarni kashf qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi ishtirokida respublika umumta’lim maktablari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha “Qo‘qon olimpiadasi” tashkil etildi. Intellektual musobaqaning dargoh sifatida Qo‘qon shahri tanlab olindi.

2021-yil 20-21 fevral kunlari “Qo‘qon olimpiada”sining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Respublika bosqichi esa 13-14-mart kunlari bo‘lib o‘tdi.

5, 6, 7-sinf o‘quvchilari o’rtasida bo’lib o‘tgan musobaqa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari Sunnatov Asilbek (birinchi o‘rin) va Axtamov Ozodbek (ikkinchi o‘rin) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash lozimki, “Qo‘qon olimpiadasi” g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Ularga “Neksiya” va “Kobalt” rusumdagi avtomobillar topshiriladi. Barcha guruh bo‘yicha birinchi o‘ntalik ro‘yxatidan joy olgan nomzodlarga Qo‘qon universitetida grant asosida o‘qishga qabul qilish “Investitsion vaucher”i taqdim etiladi. Bundan tashqari, olimpiadaning tashkilotchilaridan biri — “Qorako‘l ziyo” nodavlat o‘quv muassasasi tomonidan esa guruhlar bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchi-nomzodlarga matematika hamda boshqa fanlardan qo‘shimcha bilim olish huquqini beruvchi bir yillik bepul o‘qish bonusi ham taqdim etiladi.

Mazkur ijobiy natija O‘zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishga va ushbu sohada malakali kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilyotganini, Muhammad al-Xorazmiy yurtimizning yetuk o‘quv muassasalar qatoriga kirishni namoyon etmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq