Surxondaryo viloyati Termiz tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ishini boshladi
10.03.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Surxondaryo viloyati Termiz tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. O‘quv markazini tashkil etish uchun Termiz tumani 1-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabidan bo‘sh turgan bino tanlab olindi va to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, tuman hokimligining rahbar va xodimlari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Qisqacha qilib aytganda o‘quv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bilim egallashlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq