Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilishi Tomdilik yoshlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi
09.03.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarni tashkil qilish ishlari izchil davom etmoqda.

Jumladan, Navoiy viloyatida ham Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil yetish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Shunday markazlardan biri Navoiy viloyatining olis va cho‘l hududlaridan bo‘lgan Tomdi tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. Bugungi kunda viloyatning 8 ta (Karmana, Xatirchi, Qiziltepa, Nurota, Uchquduq, Tomdi tumanlari, Navoiy va Zarafshon shaharlari) tuman va shaharlarda o‘quv markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur o‘quv markaziga IT Park tomonidan to‘liq mebel jihozlari va zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan bo‘lib, aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturlash sohalarida innovatsion ishlanmalarni yaratish, startap loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilish rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq