Buxoro shahrida “Vobkent.Tech” ideaton va kibersport musobaqasi o‘tkazildi
09.03.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Buxoro viloyati Vabkent tumanida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) hamda Xalq ta’lim vazirligi bilan birgalikda maktab o’quvchilari uchun «Vobkent.Tech» ideaton va kibersport boyicha musobaqani tashkil etdi.

Ideaton doirasida jami 102 ta maktab o’quvchilari, ya’ni 20 ta jamoalarga bo’linib ishtirok etdi. Ular tomonidan texnologik mahsulotlar ishlab chiqilib, tadbiri oxirida taqdimotlari o‘tkazildi.

Ideaton natijalariga ko‘ra 15 ta g‘olib tanlanib, ularga qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Shuningdek, IT Park, Buxoro viloyati Vabkent tumanida 42 ta maktab o’quvсhilari orasida CS: GO, FIFA20 va Blur kabi kibersport yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etdi. Turnirda jami 234 ta ishtirokchi qatnashdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq