AKT vaziri Vazirlikda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni 8-mart bayrami bilan tabrikladi
05.03.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Vazirlikda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni go‘zallik va nafosat bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, ayol oila va jamiyatning haqiqiy tayanchi. Oilada mehribon ona, vafoli yor bo‘lish bilan birga, xizmat faoliyatida ham ulkan marralarga erishayotgan, jonkuyar, fidoyi kasbdosh, vatanimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch va g‘ayratini safarbar eta olgan, o‘z bilim va tajribasi bilan yosh avlodga o‘rnak bo‘layotgan samimiy, jonkuyar ustoz hamdir.

Vazirlik yigitlarining ayolni madh etuvchi sheʼriy chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Biz Vazirlik jamoasi nomidan yurtimizning barcha ayollarini ajoyib va betakror bahor bayrami bilan samimiy mubarakbod etamiz, ularga xizmat faoliyatida va shaxsiy hayotida ulkan muvaffaqiyatlar, eng muhimi mustahkam sog‘liq tilaymiz!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq