Qaxramon Yuldashev yangi lavozimda ish boshladi
26.02.2021
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Qaxramon Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5007-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

2018-yildan boshlab hozirgi vaqtga qadar Qaxramon Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyundagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohasini raqamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan edi.

Yangi lavozimda Qaxramon Yuldashev Qishloq xo‘jaligi vazirligida agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga ma’sul hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq