IT Park va Green Light tomonidan O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi xodimlari uchun kurs o‘tkazildi
26.02.2021
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilarining malakasini oshirish dasturi doirasida IT Park Green Light tizim integratori bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining IT mutaxassislari uchun tarmoq texnologiyalari asoslariga doir besh kunlik kirish kursini o’tkazdi.

Kursning boshida asosiy e’tibor talab qiladigan muammoli mavzularni aniqlash uchun bilim tekshirish bo‘yicha sinov bo‘lib o‘tdi. Sinov natijalari asosida kurs mazmuniga o‘tgartirishlar kiritiladi va kerakli laboratoriya ishlari qo‘shildi.

Yakuniy test natijalari ushbu sohalarda bilimga doir mavjud bo‘lgan bo‘shliqlarning to‘ldirilganini isbotladi. Test sinovlarining o‘rtacha ko‘rsatkichi 100 balldan 71 ballni tashkil etdi. Bir nechta tinglovchilar 90 ball olishga muvaffaq bo‘lishgan.

Kurs CCNA imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan materiallar asosida tayyorlangan.

Bu kabi tashabbuslar davlat xizmatchilarini rivojlantirish, ularning malakalarini oshirish, shuningdek, bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun yaxshi turtki bo‘ladi.

Ma’lumot uchun:

CCNA (Cisco Certified Network Associate) — Cisco Systems kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan axborot texnologiyalari bo‘yicha sertifikatlash dasturi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq