IT Park majmua shou-rumida yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri bilan uchrashdi
15.02.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Mamlakatimiz rahbari 2020-yilning 29-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2021-yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qildi.

Prezidentimiz 2020-yil 25-dekabr kuni Yoshlar forumidagi nutqida islohotlarimizni kengaytirish va samaradorligini yanada oshirish masalalarida biz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan g‘ayratli, tashabbuskor, har tomonlama rivojlangan yoshlarimizni o‘zimizga tayanch sifatida ko‘rishimizni ta’kidladi.

Forumda bir qator sanoat tarmoqlari, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun muhim vazifalar ilgari surildi. Shu masalaga muvofiq, vazirlik muhim vazifalarni o‘z oldiga belgilab qo‘ydi.

Shunga asoslanib, 13-fevral kuni IT Park ko‘rgazmalar zalida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning AKT sohasida faoliyat ko‘rsatatigan yoshlar hamda sanoat ta’lim muassasalari talabalari bilan ochiq uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuvda IT va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, IT Park direktori Farhod Ibragimov va boshqa vazir o‘rinbosarlari hamda O‘zbekiston viloyatlarida joylashgan IT Park filiallari va IT Markazlari vakillari ishtirok etishdi. Bundan tashqari, uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti, Amity universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Vazir bir qator dolzarb va muhim vazifalarni ilgari surdi. Asosan, Vazir muhim yo‘nalishlardan biri – bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadr tayyorlash ekanligini ta’kidladi.

Shiddat bilan o’zgarayotgan dunyoda yangi nou-xaular paydo bo’lganligi sababli, jamiyatni raqamlashtirish va boshqa omillar texnologiya sohasi uchun yangi muammolarni paydo qilmoqda. Ushbu tendentsiyalarni aniq tushunadigan jamiyat barkamol yoshlarni tarbiyalashga, ularning raqamli texnologiya sohasi bo’yicha ko’nikmalarini oshirishga katta e’tibor qaratadi.

Davlat dasturi doirasida Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan bir qator vazifalar belgilab olindi. Yoshlar va mas’ullar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga xizmat qiluvchi “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratiladi. Yoshlarning AKT sohasiga bo‘lgan qiziqishini, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida respublikamizning 100 dan ortiq shahar va viloyatlarida raqamli texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazlari tashkil etiladi.

Qolaversa, Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filiali tashkil etiladi hamda barcha tumanlarda AKT sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha texnikumlar ochiladi.

2021- yildan boshlab xalqaro “IT” sertifikatlarini qo‘lga kiritgan yoshlarga xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tizimi ishga tushdi.

Kelgusi ikki yilda “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida 300 ming nafar yoshlarni kompyuter texnologiyalari yo‘nalishida bepul o‘qitish, masofaviy ta’limni va darslarni onlayn o‘tkazish imkoniyatini yaratadigan “Onlayn, Raqamli, Xavfsiz ixtisoslashtirilgan maktab”, “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimlar yaratiladi va ishga tushiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Xorazm va Namangan viloyatlarida IT Park filillari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

2020-yilda IT Park rezidentlari tomonidan jami 750 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmi 346,2 mlrd. so‘m, xususan, eksport hajmi 8,4 mln. dollarni tashkil etdi.

IT Parkning hududiy filiallari binolari Andijon (“Digital City” texnoparki), Farg‘ona (IT Park Marg‘ilon filiali), Sirdaryo (IT Park Guliston filiali) Qashqadaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida foydalanishga topshirildi, Andijon filialida 10 ta va Marg‘ilon filialida 7 ta rezident faoliyat yuritmoqda.

“One Million Uzbek Coders” loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Birlashgan Arab Amirliklari “Dubai Future Foundation” fondi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan.

Bundan tashqari, IT Park direktori Farhod Ibragimov yoshlarga ayni damda AKT sohasida qizlar va ayollar yetishmasligi va O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning istiqboldagi rejalari haqida so‘zlab berdi. Farhod Ibragimov IT Park xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishini va shu yil oxiriga qadar ayol tadbirkorlar sonini 1000 nafarga yetkazishga harakat qilayotganlarini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq 2020-yilda 14 ta ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari tashkil etildi va jixozlandi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda soha tizimidagi korxona va tashkilotlar homiy sifatida biriktirildi va 10 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratidi.

Bundan tashqari, 2021-yilda – 82 ta, 2022-yilda – 64 ta va 2023-yilda – 45 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

TATUda 2020/2021-o‘quv yilida yangi Raqamli iqtisodiyot bakalavr ta’lim yo‘nalishi hamda 8 ta yangi magistratura mutaxassisligi ochildi.

Tadbir mehmoni bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining maslahatchisi, elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha o‘zbek-koreys ekspert guruhining rahbari Kox Taek Jinning aytishicha, O‘zbekiston Respublikasi Texnologiyalari va kommunikatsiyalari IT Parki singari yoshlarga o‘z ijodiy salohiyatini nomoyonda qila oladigan hamda o‘zaro hamkorlik orqali yangi loyihalarni yaratadigan infratuzilmani yaratish ustida ish olin bormoqda.

“Aziz yoshlar, agar siz raqamli transformatsiyaning global tendentsiyalariga bir nigoh boqsangiz, texnologiyalardan foydalangan holda, raqamli sohadagi g‘oyalaringiz va ambitsiyalaringizni ro‘yobga chiqarsangiz, siz va O‘zbekiston kelajagi yanada porloq bo‘ladi”, – deya qo‘shimcha qildi Kox Taek Jin.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan TATU tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilib, 2020/2021-o‘quv yili uchun qo‘shma fakultetga 500 nafar talaba qabul qilindi.

TATU va uning filiallarida jami 1 5000 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda.

Prezidentimizning 2019-yil 7-yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilgan va o‘z faoliyatini 2019/2020-o‘quv yilidan boshlagan Toshkent shahrida Amiti universitetiga xorijiy mamlakatlardan 17 nafar PhD darajasiga ega professor-o‘qituvchilar jalb qilingan bo‘lib, 2019/2020-o‘quv yilida 498 nafar talaba birinchi bosqichni yakunladi. Toshkent shahridagi Amiti universitetiga 2020/2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq onlayn shaklda tashkil etilib, 384 nafar talaba qabul qilindi.

Hozirgi kunda Toshkent shahridagi Inha universitetida 51 nafar professor-o‘qituvchi va assistent faoliyat yuritib, talabalarning umumiy soni 1506 nafarni tashkil etadi. Toshkent shahridagi Inha universitetiga 2020/2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq onlayn shaklda tashkil etilib, 420 nafar talaba qabul qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2020/2021-o‘quv yili uchun qabul kvotasi 330 nafar etib belgilangan bo‘lib, kirish imtihonlari respublikamizda birinchi marotaba onlayn shaklda ikki bosqichda o‘tkazildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi IT Park bilan hamkorlikda samarali siyosat paketlarini qabul qilishni hamda ularni amalga oshirishni boshladi. Xususan, mamlakatimizning barcha burchaklarida dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassislar sonini ko‘paytirish, undan keng foydalanish, butun mamlakat bo‘ylab Internetni rivojlantirish, dasturiy ta’minotning ichki tijoratini rivojlantirish, ingliz tilini rivojlantirish, IT sohasi orqali biznes tillarini rivojlantirish, boshqa sohalarda samaradorlikni oshirish va IT sohasi uchun biznesni takimillashtirish uchun tadbirkorlarga yangi imkoniyatlar yaratib berish”, — dedi hind konsultanti, IT Park maslahatchisi , Jizzaxdagi IT Park direktori, janob Jayram Partasarti.

Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi doirasida Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek, ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida respublika bo‘yicha 107 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarning tashubbuslari juda muhim ekanligi ta’kidlandi. Tizimda yoshlar bilan alohida ishlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, vazirlik tizimidagi rahbarlarga yoshlar masalasini o‘zi uchun ustuvor vazifa qilib belgilab olishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

“Yangi O‘zbekiston barpo etilmoqda, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularga yordam berishning yangi ajralmas va doimiy tizimlari yaratilmoqda. Universitetlarga kirish kvotalari ham o‘sib bormoqda. 500 nafardan ortiq kompaniya IT Park’da o‘z faoliyatini boshladi. Xalqaro reytinglarda O‘zbekiston har yili yuqori o‘rinlarga ko‘tarilib kelmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston foydali geografik mavqega ega. Sababi u Markaziy Osiyoning markazida joylashgan va Rossiya, Xitoy, Koreya, G‘arbiy Yevropa davlatlari hamda AQSh kabi ko‘plab mamlakatlar bilan muvaffaqiyatli aloqada bo‘lib, ushbu davlatlarning ilg‘or tajribalaridan foydalanishga harakat qilmoqda. Ayni damda butun respublika bo‘ylab “One Million Uzbek Coders” dasturi amalga oshirilmoqda va ushbu dastur doirasida yangi IT maktablari va IT Park filiallari joriy etilmoqda. Bunday loyihalarni tashkil qilish uchun davlatimiz hech qanday mablag‘ va ma’nbalarini ayamaydi. Har bir inson kelajak ilg‘or axborot texnologiyalariga, shu jumladan sun’iy intellekt, robototexnika va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashga bog‘liq ekanligini tushunishi kerak”, — dedi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori maslahatchisi Igor Tsyrelchuk.

Muloqot davomida yoshlar tomonidan sohani rivojlantirishga oid takliflar, mulohazalar bildirildi. Vazir Shuhrat Sodiqov ular tomonidan bildirilgan tanqidiy mulohazalar yuzasidan sohadagi tegishli korxonalar rahbarlariga topshiriq berar ekan, ayrim iqtidorli yoshlarning takliflarini shaxsan o‘zi bafurja ko‘rib chiqishga tayyorligini, lozim topilsa, ularning amaliyotga joriy qilinishi ustida ish olib borilishini qayd etdi.

Ushbu tadbirda ta’kidlanganidek, ushbu muloqot yoshlarni, ularning maqsadlari bilan tanishish va ularni kengroq biznes faoliyatiga safarbar etish muhimligini yana bir bor namoyish etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq