O‘qituvchilar uchun Kundalik.Jurnal mobil ilovasi endi iOS da mavjud
09.02.2021
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Endi iOS tizimida ham o‘qituvchilar uchun bepul mobil ilovasi mavjud. Ilgari, ilova faqat Android platformasida mavjud edi. 

Ilova kundalik ishingizni optimallashtirishga imkon beradi: siz Internetga ulanmasdan ham baho qo‘yishingi, uy vazifangizni berishingiz, o‘zingizning jadvalingizni kuzatishingiz mumkin.

Internetga ulanish faqat ish kuni boshlanishidan avval amaldagi jurnal va jadvalni yuklash uchun, shuningdek, ish kuni so‘nggida o‘qituvchi sinfda telefonga kiritgan ma’lumotni tizim bilan uyg‘unlashtirish uchun kerak bo‘ladi.

Tarmoqqa ulanmasdan siz baholarni qo‘yishingiz, davomatni qayd etishingiz, uy  vazifangizni berishingiz va hattoki sinf e’lonlarini joylashtirishingiz mumkin.

“Endi o’qituvchilar telefon yoki planshet sozlamalaridan qat’i nazar ilovadan foydalanishlari mumkin. Bugungi kunga kelib Android dasturini yuklab olishlar soni 100 mingdan oshdi », — dedi Kundalikning qo’llab-quvvatlash xizmati rahbari Hilola Izzatova.

Bundan tashqari, Kundalikdan brauzer orqali foydalanadigan o‘quvchilar va ota-onalar uchun yangi boshlang‘ich sahifa bosqichma-bosqich joriy etilayotganini ta’kidlaymiz. Endi baholar, jadvallar va uy vazifalari haqida sizga kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar bitta sahifada mavjud hamda mobil jihozlar ekranlariga moslashtirilgan. Hozirda mazkur yangilanish foydalanuvchilarning 50 foizida mavjud bo‘lib, tez orada barcha foydalanuvchilar yangilangan sahifani baholashlari mumkin.

Ilovaning iOS talqinini bu yerdan yuklab olish mumkin.

Ilovaning Android talqinini bu yerdan yuklab olish mumkin.

Ilovadan foydalanish bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq