2021-yilda taqdim etiladigan 60 ta elektron davlat xizmatlari ro‘yxati (loyiha) e’lon qilindi
09.02.2021
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil, 29-dekabrda Oliy Majlis va O‘zbekiston halqiga yo‘llagan murojaatnomasida 2021-yilning oxiriga qadar elektron davlat xizmatlarini 60 taga ko‘paytirib, ularni 300 taga, masofaviy xizmatlar ulushini esa kamida 60 foizga yetkazish zarurligi ta’kidlangandi.

Shundan kelib chiqib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, «2021-yilda davlat xizmatlarini ustuvor ravishda elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tayyorlangan mazkur loyihada 2021 yilda talabgorligi yuqori bo‘lgan 60 ta davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Mazkur topshiriqni amalga oshirish maqsadida AKT vazirligi tomonidan mavjud davlat xizmatlari tahlil qilinib, 2021-yilda YaIDXP orqali davlat xizmatlarini ustuvor ravishda elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur dastur loyihasi bilan davlat boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralar tomonidan ananaviy tarzda yoki boshqa manbalar orqali elektron ko‘rsatilayotgan talabgorligi yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Aynan qanday xizmatlar?

  • Fuqarolikka qabul qilish uchun ariza yuborish;
  • Avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun onlayn to‘lovlarini amalga oshirish;
  • Oliy ta’lim to‘g‘risidagi dublikat hujjatlarini berish;
  • Respublikadan chiqishga cheklovlar mavjudligini tekshirish;
  • Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma olishga ariza yuborish;
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining doimiy joylashgan joyi (yashash joyi) faktini rasmiy tasdiqlash;
  • Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati uchun xabarnoma yuborish;
  • Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish faoliyati uchun xabarnoma yuborish;
  • Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyati uchun xabarnoma yuborish;
  • Korporativ karta orqali xarid qilingan tovar va xizmatlarni shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Ish daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish;
  • Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holati haqida ma’lumot olish;
  • Oliy o‘quv yurtlariga hujjatlarni qabul qilish;
  • Avtotransport vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Avtotransport vositasini davlat raqami va texnik pasportini o‘zgartirish uchun ariza yuborish;
  • Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarini topshirish;.
  • Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish;
  • Saylov uchastkasini aniqlash yoki o‘zgartirish va hok.
  • Ushbu dastur bilan davlat xizmatlarini to‘liq masofadan ko‘rsatish bo‘yicha jarayonlarni avtomatlashtirish va xizmat ko‘rsatish bosqichlarin maksimal darajada optimallashtirish nazarda tutilmoqda.

Loyiha jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, unda barcha istovchilar taqdim etilishi ko‘zda tutilayotgan 60 ta davlat xizmati bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

Siz 2021-yilda qaysi davlat xizmatlari elektron shaklga o‘tkazilishini xohlar edingiz? Ushbu havolaga o‘ting va o‘z takliflaringizni bildiring: https://regulation.gov.uz/uz/d/28609

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq