Jizzax shahrida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab ochildi
06.02.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

6-fevral kuni Jizzax shahridagi 8-son maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning ochilish marosimi bo‘lib o’tdi.

Maktabning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Q. Yuldashev, Jizzax viloyat hokimi E.Saliev, Xalq ta’lim vazir o’rinbosari R.Karimjonov, “Unitel” MCHJ director o’rinbosari S.Muxammadiev, viloyatdagi ma’sul rahbar va xodimlar hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

Maktabda zamonaviy informatika va robototexnika, kibersport, matematika, ingliz tili xonalari, hamda raqamli kutubxona va konferensiya zallari tashkil qilindi. Xonalar zamonaviy kompyuter texnikalari va interaktiv sensorli doskalar bilan jihozlandi.

Ilm maskanidagi bu kabi imkoniyatlar ixtisoslashtirilgan maktabning samarali faoliyat yuritishida, o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlash yo‘nalishida ham o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.

Tantanada “Bir million dasturchi” yirik loyihasi doirasida Top-100 talikka kirgan o‘qituvchilarni, Nanodegree granti sohiblari va ixtisoslashtirilgan maktabga kirish imtihonida eng yuqori ball to’plagan o’quvchilarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq