Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
05.02.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarni tashkil qilish ishlari izchil davom etmoqda.

Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. Ushbu markaz “O‘zbektelekom” АК Farg‘ona filiali binosida ochilib, viloyatda tashkil etilgan o‘ninchi o‘quv markazi hisoblanadi.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, “O‘zbektelekom” AK, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “RTTM” DUK, “Elektron hukumat loyihalarini boshaqarish markazi” DM, Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar rahbar va xodimlari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

Markazda ko‘rkam va shinam xonalar tashkillashtirilgan, zamonaviy kompyuter jihozlari bilan taʼminlandi hamda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanib yoshlarga barcha kerakli sharoitlar yaratib berildi. O‘quv markazida yiliga Quvasoy shahrining ikki mingga yaqin yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash maqsad qilib belgilandi.

Qolaversa, markazda yoshlarni kompyuter sportiga (kibersportga) jalb qilish, kibersport qoidalarini o‘rgatish, turli o‘yinlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o‘yinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq