Zamonaviy raqamli mamlakatni barpo etish yo‘lida
04.02.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

4-fevral — O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil topgan kun.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Farmoni bilan 2015-yilning 4-fevralida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etilgan edi.

O‘tgan bu davrda sohada ulkan ishlar amalga oshirildi. Birgina 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga nazar soladigan bo‘lsak, o‘tgan yilda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, zamonaviy elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro hamkorligining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borildi.

AKT sohasida oxirgi yutuqlarga asoslangan holda va malakali IT kadrlarga yuqori bo‘lgan talabni qondirish maqsadida ta’lim sohasini takomillashtirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Shu qaror asosida, respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Shunga ko‘ra, 2020-yilda mazkur yo‘nalishda 14 ta tayanch maktablar ochildi, Joriy yilning o‘zida ixtisoslashtirilgan IT maktablar Buxoro, Guliston, Farg‘ona, Samarqand, Namangan, Andijon, Navoiy, Qarshi va Termiz shaharlarida tashkil etildi. Joriy yilda 82 ta2022-yilda 64 ta va 2023-yilda 45 ta ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Prezident tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbusning uchinchi yo‘nalishi – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha respublika bo‘yilab Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda, va o‘tgan yilda ularning soni 107 ga yetdi.

IT mutahassislarni keng tayyorlash loyihalar qatorida “Bir million dasturchi” (One Million Uzbek Coders) muhim o‘rin tutadi. One Million Uzbek Coders dasturining birinchi yili juda sermahsul bo‘ldi. Loyiha 120 mingdan ortiq tinglovchilarni jamlab, ulardan 18 mingtasi muvaffaqiyatli ravishda kurslarni tamomladi. To‘rtta saralash bosqichlari bo‘lib o‘tdi, va ularning natijalari bo‘yicha Udacity Nanodegree dasturi bo‘yicha bepul o‘qishni qo‘lga kiritganlar tanlab olindi. Yaqin ikki yilda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 300 ming nafar yoshlar kompyuter dasturlash asoslariga bepul o‘qitiladi.

IT startaplarga qo‘mak berish va AKT sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga ham katta et’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mahalliy oliy ta’lim muassasalari qoshida IT Inkubatsiya markazlari tashkil etilmoqda.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash haqida gap ketganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Namangan viloyatlarida IT-park filiallarini ochish rejalashtirilayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. Zero, o‘tgan yilda mamlakatimizda ish boshlagan IT-parklar rezidentlari tomonidan jami 750 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmi 346,2 milliard so‘m, jumdadan, eksport hajmi 8,4 million dollarni tashkil etdi.

2020-yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi uchun, shubhasiz, sermahsul bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘tgan yilda telekommunikatsiya infratuzilmani rivojlantirish borasida ​ keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar amalga oshirildi.

Optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda 1 millionta Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi, 32 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi.

Majvud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlarni modernizatsiya qilish ishlari natijasida Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 10 baravar o‘sib, 1 200 Gbit/s. gacha yetkazildi. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi.

Respublika bo‘yicha 31,7 mingdan ortiq mobil aloqa baza stantsiyalari mavjud bo‘lib, aholi punktlarni mobil aloqa bilan qamrash darajasi 98 foizgacha yetkazildi. Joriy yilda mobil aloqa baza stantsiyalari sonini 33,7 minggacha yetkazilishi va mobil aloqa bilan qamrov darajasini 99 foizgacha ko‘tarilishi rejalashtirilgan.

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida Janubiy koreyalik hamkorlar bilan birgalikda yillik quvvati 50 ming kilometr optik tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi.

5 Petabaytga sig‘imli Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ushga tushirildi.

Operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif mavjud texnik quvvatlarimizni keskin oshirish hisobiga avvalgi yilning shu davriga nisbatan aloqa kanallari ijarasi tariflari 2 barobar, o‘tgan yil davomida internet xizmatlari tariflari esa 29 foiz arzonlashtirilishiga erishildi (1 Mbit/s uchun narxi 45,0 ming so‘m).

Elektron hukumatni takomillashtirish raqamlashtirish jarayonlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.  

Elektron hukumat tizimini rivojlantishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali muhim o‘rin tutadi (my.gov.uz). 2020-yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini  rivojlantirish doirasida muhim ishlar amalga oshirildi. Jumladan, o‘tgan yil natijalari bo‘yicha 9,8 millionta ariza kelib tushgan, Yagona portalning foydalanuvchilar soni 185 mingga ko‘payib, 380 mingtaga yetdi. Aholi uchun qator dolzarb xizmatlar joriy qilindi.

Joriy yil boshida yangi dolzarb va talab yuqori xizmat joriy etildi. Endi fuqarolarimiz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  my.gov.uz orqali biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza topshirishlari mumkin. Hozirgi kunda ID kartani olish uchun kelib tushgan arizalarning soni 3 mingdan oshdi.

Yagona portalni takomillashtirish va foydalanuvchilarga yanada qulaylik yaratish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

2020-yilda elektron hukumat tizimini rivojlantirish doirasida amalga oshirilgan muhim loyilardan biri Identifikatsiyalashning yagona tizimi haqida aytib o‘tish kerak (https://id.gov.uz/). Uning yordamida foydalanuvchilar elektron hukumatning turli axborot tizimlariga kirishlari mumkin, va ularning ma’lumotlarining mahfiyligini saqlash bo‘yicha xavfsizlik choralar ko‘riladi. Hozirda mazkur tizim foydalanuvchilarining soni 600 mingdan oshdi. Unga 20 dan ortiq vazirlik va idoralar ulangan.

2021-yilda elektron hukumat tizimini rivojlantirish borasida quyidagi vazifalar belgilangan:

  • Yagona portal tizimida elektron davlat xizmatlarining sonini ko‘paytirish. Joriy yilda yana 60 ta talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarni joriy etish va ularning umumiy sonini 278 gacha yetkazilishi rejalashtirilgan;
  • Respublika bo‘yicha barcha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida E-qaror elektron tizimini joriy etish;
  • Ochiq ma’lumotlar portalining infratuzilmasini va dasturiy platformasini modernizatsiyalash;
  • Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimini yaratish;
  • Tibbiyot sohasida masofaviy tibbiyot va ta’lim xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimiga “Telemeditsina” tizimini joriy etish;
  • Pochta xizmatlari faoliyatiga elektron davlat xizmatlarni joriy etish.

Pochta tizimida ham zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, pochta xizmatini daromad keltiradigan sohaga aylantirish, xususiy operatorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish orqali pochta bo‘limlari daromadini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, aholining pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida, 38 ta pochta aloqasi bog‘lamalari va 88 ta aloqa bo‘limlarining faoliyati qayta tiklandi. Natijada 275 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida pochta aloqasi obyektlari orqali 60 dan ortiq turdagi to‘lovlarni qabul qilish yo‘lga qo‘yildi va o‘tgan yilga nisbatan 1,6 barobar ko‘p to‘lovlar qabul qilindi. Shu bilan birga, ustama to‘lovli pochta jo‘natmalarini yetkazib berish xizmati tiklanib, 2020-yil yakuniga qadar 19 milliard so‘mlik jo‘natmalar yetkazib berildi.

Aytish joizki, pochta aloqasi ob’ektlarini modernizatsiya qilish va iqtisodiy barqarorligini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan bir qancha choralar ko‘rildi. 2020 yilda “gibrid pochta” tizimi takomillashtirilib, uning negizida Yagona milliy tizimi joriy etildi.

Pochta jo‘natmalarini yetkazib berish mexanizmlari va logistika tizimi qayta ko‘rib chiqilib, elektroskuterlardan foydalangan holda viloyat va tuman markazlariga xizmat ko‘rsatuvchi pochtalonlarni markazdagi saralash bo‘limidan “bog‘lama-mijoz” tamoyili asosida pochta jo‘natmalarini manzilgacha yetkazib berish amaliyoti joriy etilib, 45 ta elektro-mopedlar sotib olindi. Pochta va davriy matbuot nashrlarni tashishda foydalanilayotgan avtotransport vositalarini yangilash maqsadida, 47 ta yangi avtotransport vositalari xarid qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 23 ta pochta aloqa ob’ektlarida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. 1 ta avtomat konvertlash uskunasi sinov tariqasida “Toshkent pochtamti” filialiga o‘rnatildi. Milliy onlayn savdo maydonchasiga tadbirkorlarning ishlab chiqqan mahsulotlarini joylashtirish bo‘yicha 30 ta tadbirkor bilan shartnomalar tuzildi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ sayti orqali sayti orqali (www.pochta.uz) davriy matbuot nashrlariga onlayn obuna xizmati yo‘lga qo‘yilib, 250 turdan ortiq davriy matbuot nashrlariga onlayn ravishda obuna uyushtirish imkoniyati yaratildi.

2020-yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi uchun, shubhasiz, sermahsul bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘tgan yilda telekommunikatsiya infratuzilmani rivojlantirish borasida ​ keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar amalga oshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq