Navoiy shahrida ixtisoslashtirilgan IT maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
01.02.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

30-yanvar kuni Navoiy shahridagi 8-son umumta’lim maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J.Maxsudov, Xalq ta’limi vazirligi, mahalliy hokimiyat organlari hamda biriktirilgan homiy korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Maktabda zamonaviy informatika va robototexnika xonalari, raqamli kutubxona tashkil qilindi. Xonalar zamonaviy kompyuter texnikalari, interaktiv sensorli doskalar, 3D printer va arduino qurilmalari bilan ta’minlandi.

Ilm maskanida bu kabi imkoniyatlar o‘quvchilarning “Bir million dasturchisi” yirik loyihasida ishtirok etib, dasturlash yo‘nalishida ham o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Joriy yilda davlat test markazi tomonidan tanlov asosida mazkur ilm maskanining informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 2 ta sinfiga 60 nafar o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq