Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar beshligiga kirdi: bu xorijiy IT mutaxassislari va IT kompaniyalari uchun nimani anglatadi?
14.01.2021
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Britaniyaning “The Economist” jurnali “Economist Intelligence Unit” tahlilchilarining har yili oʻtkazgan yillik tadqiqotlari natijalariga koʻra, Toshkent dunyoning eng arzon 5 ta shahri roʻyxatiga kirdi.

Ammo bu yangilikning IT mutaxassislari va IT kompaniyalariga qanday ta’siri bor?

Birinchisi, yashash va ishlash uchun arzon uy-joy izlayotgan xorijiy IT mutaxassislari uchun Toshkent eng qulay shaharlardan biriga aylanishi mumkin.

Nima uchun?

Birinchidan, Toshkentda tovar va xizmatlar narxi boshqa shaharlarga nisbatan ancha arzon. IT mutaxassislari behuda pul sarflash va narx-navo haqida qayg‘urishlari shart emas.

Toshkentda ikki xonali kvartirani 200 dollar atrofida ijaraga olsa boʻladi. Albatta, bu narxlar yashashni xohlagan hududingizga bog‘liq.

Masalan, Minskda ikki xonali kvartirani taxminan 400 dollarga ijaraga olish mumkin. Moskvada esa oyiga 500-550 dollardan boshlab ijaraga olingan kvartirani topishingiz mumkin. Nur-Sultondagi bitta xonali kvartiralar oʻrtacha 400 dollarni tashkil etadi.

Rossiyada oziq-ovqatga, shuningdek, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlariga sarflanadigan xarajatlarni oʻz ichiga olgan iste’mol savatchasi oyiga 150 dollardan boshlanadi va oyiga 280 dollarga yetishi mumkin, deb xabar beradi http://dw.com.

Minimum yashash tarzi – 2020-yilda qozog‘istonliklar uchun oʻrtacha yashash narxi oyiga 80 dollarni tashkil etdi, deb yozadi http://kursiv.kz.

Belarussiyada iste’mol savatchasining hajmi 2020-yilda oyiga 210 dollarni tashkil etdi, deb xabar beradi http://myfin.by veb-sayti.

Agar taqqoslaydigan boʻlsak, Oʻzbekistonda “iste’mol savatchasi” oyiga taxminan 80-90 dollarni tashkil etadi.

Toshkentdagi va umuman Oʻzbekistondagi internet ham xorijiy IT mutaxassislari uchun muammo tug‘dirmaydi, sababi u ham juda arzon. Shuningdek, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda internetning rivojlanishini kuzatsak uning sifati bir necha bor yaxshilanganini payqashimiz mumkin.

Keling, Oʻzbekistonda Internetning rivojlanish tarixiga nazar tashlaymiz

2013-yilda xalqaro ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining quvvati atigi 7 Gbit /s ni tashkil etdi. 3 yil ichida bu koʻrsatkich, albatta, oʻzgargan, lekin oʻzgarish juda katta emas. Shunday qilib, 2016-yilda kirish tezligi 25,7 Gb/s ni tashkil etdi. Yil davomida ushbu koʻrsatkichning 38,5 Gbit /s ga sezilarli darajada oʻsishi kuzatildi. 2017-yil Internet rivoji uchun oʻziga xos turtki boʻldi deb aytishimiz mumkin. Darhaqiqat, 2018-yildan beri Internet bir necha bor rivojlandi va 1200 Gbit / s tezlikka erishishga muvaffaq boʻldi. Natijada, Oʻzbekiston tashqi Internet kanalining oʻtkazuvchanligi 2018-yil oxirida 10 baravarga oshirildi.

2020-yilda Internet oʻz barini ushlab, 1200 Gbit/s tezligini saqlab qoldi. Hozirgi kunda bu Internet foydalanuvchilari, shuningdek, mamlakatdagi provayder va operatorlarning ehtiyojlarini toʻliq qondiradi.

Narxlari boʻyichachi?

2019-yil davomida Xalqaro internet paketlarni almashtirish markaziga ulangan operatorlar va provayderlar uchun tashqi kanal uchun tariflar 1 Mbit /s uchun 85 ming soʻmdan 70 ming soʻmgacha (7 dollar) pasaytirildi (pasayish 17 foiz).

2020-yil 1-yanvardan boshlab 1 Mbit /s uchun tariflarning 20 foizga pasayishi kutilgan edi. Reja bajarildi va operator hamda provayderlar uchun tashqi Internet-kanal uchun tarif 34 foizga pasaytirildi.

2019-yil oxirida ba’zi Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi foydalanuvchilar 100 Mbit/s uchun quyidagi miqdorda pul toʻlashdi: Ukraina – oyiga 6,19 dollar, Rossiya – 7,68 dollar, Moldova – 9,66 dollar, Belorussiya – oyiga 12,96 dollar, deya xabar beradi belmarket.by.

Ayni damda Oʻzbekistonda 100 Mbit/s narxi oʻrtacha oyiga 9 dollarni tashkil etadi.

Qoʻshimcha imtiyozlar mavjudmi?

Albatta. Agar biz Toshkentni yashash joyi deb hisoblasak, avval aytib oʻtganimizdek, deyarli hamma narsa narxlarga bog‘liq: arzon kiyim-kechak, oziq-ovqat, kommunal xizmat hamda bozor, doʻkon, kafe, atraksion, restoran va boshqa kiyim-kechak doʻkonlari yoki shunchaki madaniy xordiq uchun joylar.

Oziq-ovqat haqida gaplashadigan boʻlsak, Toshkentda milliy va Yevropa, Osiyo, Pan-Osiyo va boshqa turli xil oshxonalar mavjud. Mazali va arzon taomlar, zamonaviy va arzon liboslar – bu albatta Toshkent haqida.

Biz poytaxtning va umuman mamlakatning boy va koʻp asrlik madaniyati, uning boy tarixi, oʻzbek xalqining mehmondoʻstligi, qadimiylik va zamonaviylik haqida, bitta shaharda birlashganligi haqida gapirishga hojat ham yoʻq. Sababi bularning barchasini oʻz koʻzlaringiz bilan koʻrishingiz kerak

Toshkent xorijiy IT-kompaniyalar uchun ochiqmi?

Ha, va nafaqat Toshkent, IT Park’ning eshiklari har doim oʻz vakolatxonalarini Toshkent hamda Oʻzbekistonning boshqa viloyatlarida ochish istagida boʻlgan IT kompaniyalar uchun ochiq.

IT kompaniyalar ishonch bilan oʻz filiallarini Toshkentda ochishlari hamda IT Park rezidentlariga aylanishlari mumkin.

Nega Oʻzbekistonda IT kompaniyalari filiallarini ochib, IT Park rezidentiga aylanishingiz kerak?

IT Park rezidentiga aylanishning mahalliy va xorijiy IT kompaniyalar uchun bir qator afzalliklari bor va ular quyidagilardan iborat:

  • Daromad solig‘i – 7,5%;
  • Korporativ daromad solig‘i – 0%;
  • Ijtimoiy soliq – 0%;
  • Oʻz ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni olib kirishda bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilish.

 IT Park’ning norezidentlari uchun soliqlar:

  • Daromad solig‘i – 12%;
  • Korporativ daromad solig‘i- 5-10%;
  • Ijtimoiy soliq – 12-25%;
  • Tovarlar va xizmatlarni oʻz ehtiyojlari uchun olib kirishda bojxona toʻlovlari mavjud.

Agar taqqoslaydigan boʻlsak, Belorussiya yuqori texnologiyalar parkida daromad solig‘i rezidentlar uchun va texnoparkning norezidentlari uchun 13% ni tashkil qiladi. Daromad solig‘i 0% ni tashkil qiladi, ammo 1% tovar aylanmasiga qoʻshiladi (HTP toʻplami).

IT Park soliq va bojxona imtiyozlaridan tashqari, rezidentlarga zamonaviy infratuzilma, laboratoriya, marketing, yuridik va boshqa xizmatlarini taqdim etiladi.

Bugungi kunga qadar IT Park’ning 403 nafar rezidentidan 14 nafari chet ellikdir. IT Park’ning bir qator xorijiy rezidentlari qatoriga AQSh, Rossiya, Ozarbayjon, Slovakiya, Janubiy Koreya va Tojikiston kabi mamlakatlarning IT kompaniyalari kiradi.

Mahalliy IT mutaxassislari va IT kompaniyalari haqida nima deyishimiz mumkin?

Mahalliy bozorda rivojlanish va IT xizmatlarini eksport qilish. Yaxshi hayot tarzi uchun boshqa mamlakatga koʻchib ketish g‘oyasi, albatta, ajoyib tuyulishi mumkin, lekin chet elda yashash tarzi haqiqatan ham yaxshimi?

“Biz boʻlmagan joyda hammasi yaxshi” – avvalo shu yerda oʻzingizni anglashga harakat qiling, ketish uchun har doim vaqt topiladi. Agar shu yerda turib, chet eldan kelib tudhadigan buyurtmalarni bajara olsangiz, nima uchun ketasiz? Shu bilan birga, mijozlar sizga “u yerda” toʻlaydigan pulni olish va shu yerda ishlash orqali oʻz xarajatlaringizni kamaytirishingiz mumkin. Siz “IT mutaxassisiz” bu narsani sizdan yaxshiroq tushunadigan odam boʻlmasa kerak. Agar uyingizda Internet va kompyuter boʻlsa, shuningdek, IT sohasida yetarlicha tajriba va bilimga ega boʻlsa, uydan chiqmasdan turib, pul ishlash ancha foyda keltiradi.

Ammo, albatta, buning hammasi oʻzingizga bog‘liq.

Agar sizda Toshkentda yashab, “u yerda” ishlash imkoniyati boʻlsa, nima uchun ishlash uchun “u yerga” koʻchib ketishingiz kerak?

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq