Samarqand viloyati suv xoʼjaligi xodimlari АKT sohasi boʼyicha o‘z malakalarini oshirmoqda
13.01.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yil 13-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida viloyatdagi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi korxonalar hodimlari uchun “Sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llash” bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari boshlandi.

O‘quv kursini O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Q. Yuldashev ochib berdi va ishtirokchilarga o‘z fikrlarini bayon qildi. Shuningdek, tadbirda Samarqand viloyatida АKT vazirligi va suv xoʼjaligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot rahbarlari ham ishtirok etmoqdalar.

O‘quv kurslari doirasida tinglovchilar “Elektron hukumat tizimi asoslari”, “Qishloq xoʼjaligida raqamli transformatsiya”, “Suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi”, “Аqlli issiqxona qurish texnologiyalari”, “Davlat boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalari” mavzulari, shuningdek, “Suv va elektr energiyani hisob-kitob, yerlarning meliorativ holatini nazorat qilish hamda boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish” va “Respublika miqyosidagi barcha suv resurslari hisobi va hisobotini yuritishning yagona tizimi” mavzularini o‘rganib boradilar.

Shuningdek, o‘quv kurslari davomida agrar sohasida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy hamkorlar o‘z tajribalari va loyihalari to‘gʼrisida onlayn maʼruzalar o‘tkazadilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq