IT Park rezidentidan biznes jarayonlarini optimallashtirish uchun 4 ta mahsulot
13.01.2021
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

IT Park rezidenti “Genesis Innovation” doimiy mijozlarning aniq bazasini shakllantira oladigan, kompaniyada hujjatlar aylanishini tashkil etadigan va avtomatlashtiradigan, kadrlar bo‘limi ma’lumotlarini saqlaydigan, ombordagi tovarlar hisobini yuritadigan va boshqa funksiyalarni bajaradigan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqdi:

1. «Eleсtron Call Center»

Ushbu dasturiy mahsulot mijozlar bilan o‘zaro aloqa qilishda muhim bo‘lgan juda ko‘p vazifalarni bajaradi. Dasturiy mahsulot bir vaqtning o‘zida operatorlarning soniga qarab cheksiz abonentlarga xizmat ko‘rsatishga, navbatni shakllantirishga va bo‘shagan operatorlar o‘rtasida kirish qo‘ng‘iroqlarni bosqichma-bosqich taqsimlashga qodir. Jonli suhbatga ehtiyoj ham qolmaydi sababi kirish qo‘ng‘iroqlarini ovozli menyu yordamida qayta ishlash mumkin. Qolaversa, tizim kirish qo‘ng‘iroq sifatida ovozli xabar yuborish imkoniyatiga ega.

Tizim bazada barcha aktiv va bulturgi qo‘ng‘iroqlarni, veb-saytdagi va ijtimoiy tarmoqlardagi mijozlarning xabarlarini saqlashga imkon beradi, shuningdek, statistik ma’lumot va xodimlar ishlarining tahlillarini shakllantiradi.

2. «Eleсtron Document Manager»

Dasturiy mahsulot kompaniyada hujjatlar aylanishini tashkil qilish hamda avtomatlashtirishga yordam beradi. Tizim barcha hujjatlarni serverda saqlashga va dunyoning istalgan burchagidan chiqarib olishga imkon beradi. Bundan tashqari, dasturda hujjatlarning xavfsiz almashishi uchun onlayn chat ham mavjud.

«Elektron Document Manager» quyidagilarni yaratishga imkon beradi:

— yangi xabarlar ro‘yxati;

— yakunlangan rezolyutsiya hisotlari;

— tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

— ijro etishning barcha bosqichlarida mas’ul shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

3. «Electron Staff Manager»

Dasturiy mahsulot xodimlar hisobini avtomatlashtirish bo‘yicha muammolarni hal qilishga qodir. Tizim xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlashga, kadrlar to‘g‘risidagi hujjatlarni tayyorlashga imkon yaratadi. Shuningdek, dastur arxiv va onlayn statistikani yuritadi, trening va texnik xavfsizlikni kuzatib borish imkoniyatini beradi. Xodimlarning ma’lumotlari va ish vaqt jadvallariga dunyoning istalgan nuqtasida kirish mumkin.

Tizim O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlari talablari asosida ishlab chiqilgan.

4. «Electron Warehouse Manager»

Dasturiy mahsulot qayerda joylashganidan qat’i nazar har xil turdagi omborlarning faoliyatini avtomatlashtirishga imkon beradi. Tizim QR kodi yordamida tovar qoldiqlarini, tovar harakatlanishini, xodimlarning ish hajmini va ombor maydonini boshqarishga qodir. Bundan tashqari, dasturiy ta’minot tovarlarni yetkazib berish hamda sotish bo‘yicha arizalarni to‘ldirish, ombor logistikasini optimallashtirish va masofadan turib yagona tizimni boshqarish qobiliyatiga ega.

Vazifalarni boshqarish va ombor operatsiyalarining samaradorligini oshirish orqali inson xatolari sonini minimallashtiriladi.

“Genesis Innovation” — bu biznes-tahlili va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish hamda murakkab IT servislarni rivojlantirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan IT kompaniya.

Dasturiy mahsulotlar haqida batafsil ma’lumotni http://www.igenius.uz veb-saytidan, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan:

Facebook: igenius.uzb

Instagram: igenius.uz

Telegram: igenius_uz olishingiz mumkin

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq