Аgrar soha mutaxassislari IT-Inkubatsiya markazlari imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi
12.01.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yil 12-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining rahbar va mutaxassis xodimlari Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlariga tashrif buyurib, ushbu oliygohlarda tashkil etilgan IT-Inkubatsiya markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

2020-yil 17-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xoʼjaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 794-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Talabalarning biznes-startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inkubatsiya markazlarni tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

O‘tkazilgan uchrashuvlar davomida inkubatsiya markazlarini tashkil etish, gʼoyadan loyihagacha bo‘lgan bosqichlarning o‘ziga xos tomonlari, nazariya va amaliyotini uygʼunlashtirish bo‘yicha va boshqa dolzarb masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq