Tanlovning Demo Day’idan oʻtgan 18 ta startap-loyiha aniqlandi
11.01.2021
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2021-yil 8-yanvar kuni “Toursim. The Path to Innovation” loyihasi doirasida Demo Day boʻlib oʻtdi. Unda ambitsiyali startap asoschilari oʻz loyihalarini maxsus komissiyaga taqdim etdi.

Eslatib oʻtamiz, IT Park Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda turizm sohasida “Tourism. The Path to Innovation” startaplar tanlovini tashkil etdi.

“Tourism. The Path to Innovation” – startaplar uchun tanlov boʻlib, mamlakat turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga, shuningdek innovatsion va turizm sohasini rivojlantirish, mamlakat turizm salohiyatini va xizmatlarini ochib berishga qaratilgan.

Tanlovning umumiy sovrin jamgʻarmasi 1 500 000 000 soʻmni tashkil qiladi.

Loyihalar quyidagi komissiya tarkibi tomonidan baholandi:

— IT Park direktori — Farhod Ibragimov;

— IT Park direktorining mintaqaviy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari — Abdulahad Qoʻchqorov;

— O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi — Abduhakimov Aziz;

— O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Abdulaziz Oqqulov;

— O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi raqamli sanoatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i — Olim Ibragimov;

— Xalqaro shartnomalarning huquqiy ekspertizasi va investorlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i — Maxliyo Karimova;

— O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi moliya va iqtisodiyotni boshqarish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Shuhrat Maxmudov;

— Tadbirkorlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari — Ibrohim Barnoyev;

— O‘zbekistondagi xususiy turizm assosiasiyasi direktori — Isroilova Gulchexra;

— Tadbirkorlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi — Akbar Ikromov.

Demo Day’ga komissiya tomonidan tanlangan quyidagi 18 ta loyiha taklif qilindi:

“Raqamli taomnoma”

— Loyiha iste’molchi va ovqatlanish korxonalarida xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasidagi aloqani raqamlashtirishga qaratilgan.

“ITER”

— “ITER” nomi ostidagi maxsus korxona, mobil ilova va veb-sayt. Loyiha gid, transport tashkilotlari, sayyohlik kompaniyalari hamda umumiy ovqatlanish korxonalarining xizmatlari va takliflarini o‘z ichiga oladi.

“VR-Tour”

— sayyohlik joylarining 3600 ta fotosurati, VR / AR onlayn texnologiyalaridan foydalangan holda muzey eksponatlarining 3D modeli, shuningdek, shuningdek, ob’ektlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi audio yozuvlar joylashtiriladigan platforma.

“Travelcars.Online”

— Loyiha turizm sohasida faoliyat olib boruvchi transport vositalariga onlayn buyurtma (bron) berish imkonini beradi.

“Yulda.uz”

— Uzoq muddatli sayohat uchun transport vositalari va sherik topishga yordam beruvchi mobil ilova.

“Uzbekistan for Kids”

“Uzbekistan for Kids” loyihasida oila o‘z farzandi uchun mamlakat hududlari bo‘ylab sayohat uyushtiradi. Sayohat davomida video oladi va YouTube, Instagram va Facebook’dagi videoblogga joylaydi.

“O‘zbek milliy taomlari tayyorlanishi”

-O‘zbek milliy taomlarini tayyorlash jarayoni haqida ingliz tilidagi videokontent. Videokontent Youtube, Instagram va Facebook’ga yuklanadi.

“Guide Me”

— Turizm sohasida faoliyat olib boradigan gid va tarjimonlarga buyurtmalar topishga imkon beruvchi onlayn tizim.

“Trip.uz/Shoot in Uzbekistan”

— booking.com milliy analogi. Loyiha O‘zbekiston va butun dunyo bo‘ylab bron qilish imkoniyatini beradi.

“UZHANDMADE.COM”

— Jahon bozorlarida milliy hunarmandchilik buyumlarining elektron tijoratini targ‘ib qilishda yordam beradigan veb-sayt.

“PHOTOCLUB.UZ”

— O‘zbekiston fotosuratlarini birlashtiradigan, tizimlashtiradigan va tasniflaydigan yagona ommaviy axborot bazasi.

“Travel-job.uz”

— Ish qidirish va turizm sohasi bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga mo‘ljallangan platforma. Vakansiyalar doimiy ravishda taqdim etiladi.

“Wedding tourism”

— O‘zbekistonda yashovchi chet el fuqarolarining to‘ylarini tashkil etish maqsadida yaratilgan “To‘y turizmi” agentligi.

“UZBEKISTAN 360”

Mamlakatimizning 6000 ta turizm, madaniyat, tijorat va boshqa soha ob’ektlarining 6000 ta fotosuratidan tashkil topgan “O‘zbekiston 360” nomli platforma.

“Hotspot.uz”

— Loyihaning maqsadi- bu zona egasi tomonidan boshqariladigan Wi-Fi zonalarini yaratishdir.

“Cooking Studio Said Mahalla”

— Loyiha sayyohlarning Samarqandda yana bir kun tunashi hamda gastronomik master-klasslardan o‘tishini ta’minlashga qaratilgan.

“VRmuseum”

— Muzey bo‘ylab onlayn ekskursiyalarni tashkil etishga qaratilgan. Loyiha tor yo‘nalishli bo’lib, u faqat muzeylarni o‘z ichiga oladi.

“Ecoturist”

— Ekoturizm uchun mobil ilova. Ilova turistlarga ekoturizm ob’ektlariga sayohatlar uchun xorijiy mamlakatlarning mahsulotlarini taqdim etadi, shuningdek, ushbu ob’ektlar to‘g‘risida ma’lumot joylab boradi va ushbu sohada faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga ekoturizm xizmatlarini ko‘rsatadi.

Demo Day natijalariga ko‘ra, eng istiqbolli loyihalar startaplarini yanada takomillashtirish uchun subsidiyalarga ega bo‘ladilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq