«Future Skills Uzbekistan» yangi qo‘shma loyihaga start berildi
11.01.2021
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlashda professional tizimni takomillashtirish, mehnat bozorida malakali IT-mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish va aholining kundalik hayotiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va IT Parkning qo‘shma loyihasi – “Future Skills Uzbekistan”ning boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov va “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Direksiyasi” MChJ Direktori (IT Park) Farhod Ibragimov, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Marosimda barcha taklif etilgan mehmonlarga bo‘lajak IT-mutaxassislari uchun tanlangan ta’lim yo‘nalishlari, masalan, veb-dasturlash, mobil ilovalarni ishlab chiqish, IT-xavfsizlik va tarmoq texnologiyalari, ma’lumotlar bilan ishlash, mobil o‘yinlarni ishlab chiqish, mobil robototexnika, grafik dizayn, 3D modellashtirish, ingliz tili va IT-menejment yo‘nalishlari haqida taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari marosim ishtirokchilari mamlakat bo‘ylab o‘qish tashkil etiladigan barcha joylar, ro‘yxatdan o‘tish usuli, tanlov mezonlari va to‘lov mexanizmlari, shu jumladan, ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarga hamda kam ta’minlangan oilalarda yashavchi shaхslarga o‘qish uchun beriladigan imtiyozli kvotalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishdi. Loyiha taqdimotida alohida e’tibor 9 oylik o‘qish va amaliyotni yakunlagandan so‘ng bandlik va o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlash istiqbollariga qaratildi.

Taklif etilayotgan loyiha respublika bo‘ylab 10 ta yo‘nalish bo‘yicha 1000 dan ortiq IT-mutaxassislarini tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlashga yoki o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlashiga (freelancing) yordam beradi

Marosim yakunida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va IT Park o‘rtasida Memorandum imzolandi hamda loyiha bo‘yicha savol-javob uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq