UZTELECOM 7 000 000 chi mobil abonentini qarshi oldi
07.01.2021
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

UZTELECOM mobil tarmog‘ining abonent bazasi 7 millionga yetdi!

Faxriy abonentni tantanali tabriklash va esdalik sovg‘alarini topshirish tadbiri «O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filialining markaziy ofisida bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida «O‘zMobayl» rahbariyati va Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Mobil aloqa har birimiz uchun yoshimiz va faoliyat turimizdan qat’iy nazar, hayotning ajralmas qismiga aylandi. Biz sifat, ishonch va maqbullik kabi ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda mobil aloqa operatorini tanlashga alohida e’tibor qaratamiz.

Yangi yil arafasida UZTELECOM milliy operatori g‘urur bilan 7 000 000 chi mobil aloqa abonenti bo‘lgan Asliddin Rajapov Qudratillayevichni qarshi oldi.

“Bunday bayram kunlari arafasida 7 000 000 abonent — bu Kompaniyamizning har bir xodimi uchun ikki karra quvonchdir. Eng avvalo, bu asosan bizning xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlarimiz aholining e’tiboriga sazovor bo‘lganligi va ishonchini qozonganligining isbotidir. Shuni ta’kidlashni istardimki, biz ushbu natijaga abonentlarimizning ishonchi tufayli erishdik. Ikkinchidan, bu yilgi qiyinchiliklar va barcha kutilmagan holatlarga qaramay, ushbu g‘alabani amalga oshirgan mutaxassislarimizning ulkan mehnati va hissasini ta’kidlab o‘tish joiz” – dedi Javlon Islamov, «O‘zMobayl» filiali direktori o‘rinbosari.

2020-yil UZTELECOM uchun muhim voqealarga boy bo‘ldi — «O‘zMobayl» filiali GSM mobil aloqasi ishga tushirilishining 5 yilligini nishonladi va abonent bazasi 2 millionga oshdi.

Bundan tashqari, joriy yilda UZTELECOM milliy operatori o‘z tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish, hamda barcha baza stansiyalarini butun Respublika bo‘ylab 4G texnologiyasiga o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirdi. Pandemiya va karantin sharoitiga qaramay, texnik guruh tinimsiz ravishda barcha sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda qo‘yilgan vazifalarni bajara oldi va maqsadga erishdi hamda butun mamlakat bo‘ylab tarmoq qamrovini va aloqa sifatini sezilarli darajada oshirishga sazovor bo‘ldi. Ammo, milliy operator jamoasi shu bilan to‘xtab qolmaydi va taklif etilayotgan xizmatlarni takomillashtirish, texnik imkoniyatlarni yangilash, yangi xizmatlarni rivojlantirish va eng yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ishlarini davom ettirib boradi. Shuningdek, yil davomida Kompaniyaning texnik guruhi butun O‘zbekiston bo‘ylab 600 dan ortiq baza stansiyalarini ishga tushirdi.

O‘z ishini samarali va qulay shartlarda bajarishga intilib, UZTELECOM taqdim etayotgan xizmatlar turini doimiy ravishda takomillashtirib bormoqda. Yil davomida Kompaniya bir qator qulay va hamyonbop tarif rejalarini hamda foydali aksiyalarni taqdim etdi. Demak, Kompaniyaning “MyUZTELECOM” mobil ilovasi foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan “MyUZTELECOM mobil ilovasidan foydalaning va bonusli Internet-paketlarga ega bo‘ling” aksiyasini alohida ta’kidlash joiz. Ammo, bu yilning yutug‘i juda sodda hisob-kitob tizimiga ega «UNITS» moslashuvchan tariflarining innovatsion yo‘nalishi deb hisoblash mumkin. Endilikda tarifga ulanganda, abonentlar megabayt, daqiqa yoki SMS sotib olmaydilar, ular mobil aloqa uchun universal o‘lchov birligini qo‘lga kiritadilar! Onlayn tizimda daqiqalar, megabaytlar yoki SMSlarni o‘zingiz osongina boshqarishingiz mumkin. Hisob-kitobi juda oddiy — 1 UNIT=1 MB, 1 daqiqa yoki 1 SMS. Shu bilan birga, tarif rejasida limitdan tashqari harajat sarflash va uni yangilash endi juda qulay – tarifingiz hisob-kitobi UNITS bilan osonlashadi! Tarifingiz yunitlari sarflangandan so‘ng, hisobingizdan limitdan tashqari mablag‘ yechilmaydi. Bunday holatlarda, Siz o‘zingizning yunitlaringizni RESTART xizmati orqali yangilashingiz mumkin.

Millioninchi abonentlarni tantanali tabriklash Kompaniya uchun yaxshi an’anaga aylandi. Har bir keyingi omadi kelgan inson esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi, hamda ijobiy his-tuyg‘ularga ega bo‘ladi va eng asosiysi jamoaga keyingi rivojlanish uchun qo‘shimcha g‘ayrat bag‘ishlaydi.

“31-dekabr kuni, Yangi yil arafasida, avvalgi operatorning mobil Internet sifatidan norozi bo‘lganim sababli, yangi raqam ulashga qaror qildim. Men Qibrayga tez-tez ishim yuzasidan borib turaman. U yerdagi do‘stlarim menga UZTELECOM dan mobil aloqa sifatini maqtab, ulashni maslahat berishdi. Yangi raqam ulab hech afsuslanmadim. Mobil Internet yaxshi ishlaydi va aloqa tarmog‘i barcha hududlarda mavjud. So‘ngra 7 millioninchi faxriy abonentga aylanganimni bilib, juda xursand bo‘ldim. Kompaniyaga qimmatbaho sovg‘alar va sifatli aloqasi uchun minnatdorchilik bildiraman! Jamoaga faqat muvaffaqiyatlar tilayman!» — dedi UZTELECOM mobil aloqa tarmog‘ining 7 millioninchi abonenti Asliddin Rajapov.

UZTELECOM milliy operatori jamoasi mamlakatimiz aholisini Yangi 2021-yil bilan tabriklaydi va o‘z yaqinlari bilan muloqotni ishonib topshirgan har bir abonentga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq