“Online Digital Camp «Raqamli Avlod-2021» onlayn oromgohining qishki mavsumi e’lon qilindi
31.12.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2021-yil 4-8-yanvar kunlari “Online Digital Camp «Raqamli Avlod-2021” onlayn oromgohining qishki mavsumi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur yirik tadbirning asosiy maqsadi butun O‘zbekiston yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari haqida bilimlarini oshirish va zarur ko‘nikmalariga o‘rgatish hamda AKT sohasidagi jarayonlariga keng jalb qilishdan iborat.

Besh kun ichida professional mentorlar tomonidan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha onlayn darslar o’tkaziladi:

— mobil dasturlash;

— desktop dasturlash;

— web dasturlash;

— media;

— dizayn;

— robototexnika.

Bundan tashqari media oromgoh davomida ishtirokchilarni AKT sohasidagi tajribali va taniqli spikerlar bilan suhbatlar kutmoqda!

Media oromgohda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tish kerak: https://digitalgeneration.uz/portfolio/online-digital-camp-raqamli-avlod-2020-qishki-mavsum/

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 24-28-avgust kunlari “Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarga zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha AKT sohasidagi nufuzli mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida master klasslar o‘tkazildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq