Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi foydalanishga topshirildi
28.12.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi foydalanishga topshirildi. O‘quv markazi viloyatda tashkil etilgan yettinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O‘zkomnazorat» hududiy inspeksiyasi mas’ullari, viloyat IT-Center vakillari, tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla faollari, umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Shinam xonalarga ega bo‘lgan yangi markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, robototexnika bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilinadi.

Shuningdek, markazda ushbu tuman korxona va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organi xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qolaversa, markazda yoshlarni kompyuter sportiga (kibersportga) jalb qilish, kibersport qoidalarini o‘rgatish, turli o‘yinlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o‘yinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq