Samarqand viloyatidagi pochta aloqa bo‘limlarida elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi
28.12.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrda “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror bilan pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari, xizmatlar bozoridagi pochta aloqasi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olis va chekka hududlardagi pochta bo‘limlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatib borishni tashkil etish belgilangan.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zbekiston pochtasi”ning Samarqand filiali tomonidan Pastdarg‘om tuman Juma pochta aloqa bog‘lamasining Zarbdor aloqa bo‘limida, Bulung‘ur pochta aloqa bog‘lamasining Qildon aloqa bo‘limida va Urgut pochta aloqa bog‘lamasining G‘us aloqa bo‘limida “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”dan foydalangan holda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, Paxtachi tumani Ziyovuddin aloqa bog‘lamasi Misit aloqa bo‘limida ham aholiga qo‘shimcha davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq