Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti qoshidagi IT-inkubatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
26.12.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2020-yil 25-dekabr kuni Qarshi shahridagi Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti qoshidagi IT-inkubatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyat hokimi Z.Mirzayev, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) rahbar o‘rinbosari A.Kuchkarov, Qashqadaryo viloyatidagi institutlar rahbarlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, “O‘zkomnazorat” Qashqadaryo viloyati hududiy inspeksiyasi, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va shuningdek, institutning boshqa vakillari, talabalar va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talabalari va o‘qituvchilarining innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi taqdim qilindi. Mazkur Inkubatsiya markazida dastlabki bosqichlardagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar boshlanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq