Axborotlar hukumronligi korrupsiya illatiga barham beradi
23.12.2020
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

ID-kartalarning joriy qilinishi “Elektron hukumat” tizimida ro‘yxatdan o‘tish va shaxslarni raqamli identifikatsiya qilish jarayonini axborot xavfsizligini ta’minlaydi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti Baxtiyer Ismailovning tadqiqotlariga ko‘ra, yagona portalning hozirgi kundagi asosiy muammolaridan biri sifatida shaxslarni raqamli identifikatsiya qilish tizimi murakkabligidadir. Mobil ilovalarning mavjud emasligi bu kabi xizmatlarning aholi orasida ommalashmasligiga sabab bo‘lmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va davlat boshqaruvi tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish birinchi navbatda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi, shu bilan birga ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi. Davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘ztkazilishi, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bizdagi eng asosiy og‘riqli muammolardan biri – korrupsiya illatiga barham beradi.

Elektron Hukumat – raqamli texnologiyalar yordamida davlat idoralari samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini onlayn tarzda taqdim qilinishiga aytiladi. Biroq, bu tushuncha hozirda yanada kengayib bormoqda. Jumladan, elektron hukumatning markazlashgan tizimi yordamida to‘plangan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etish orqali yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratilmoqda.

Mamlakatimizning sohaga oid xalqaro reyting ko‘rsatgichlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi 4 yil ichida elektron hukumatni rivojlantirish xalqaro reytingida «Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi»ning samaradorlik ko‘rsatkichi (0-1 oralig‘ida) 0,54 balldan 0,67 ballga ko‘tarildi va hozirda 87-o‘rinni egallamoqda.

Yagona portalda aksariyat xizmatlar bepul taqdim qilinishiga qaramay, hozirda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuchilari soni 362,3 ming kishini tashkil etmoqda, bu esa atiga 1,6 foiz internet foydalanuvchilaridir.

2020-yilda O‘zbekiston Respulikasida jami internetdan foydalanuvchilar soni 22,5 mln. kishini tashkil etmoqda, shundan 86 foizi mobil internet foydalanuvchilar hisoblanadi.

Yagona portalning hozirgi kundagi asosiy muammolaridan biri sifatida shaxslarni raqamli identifikatsiya qilish tizimi murakkabligidadir. Shuningdek, mobil ilovalarning mavjud emasligi bu kabi xizmatlarning aholi orasida ommalashmasligiga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari hozirgi kunga qadar davlat idoralarining 700 dan ortiq axborot tizimi mavjud bo‘lib, ularning atiga 30 foizi “Elektron hukumat” tizimiga ulangan va 80 ta davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi idoralardan 27 tasi Davlat xizmatlari agentligiga integratsiya qilingan. Soha oid ishlarni jadallik bilan amalga oshirmasak, Prezidentimiz ta’kidlaganidek har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi.

“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq “Elektron hukumat” tizimini yanada takomillashtirish maqsadida jami 1,3 trln. so‘mni tashkil qiluvchi 104 ta loyiha, iqtisodiyotning real sektoriga oid jami 5,3 trln. so‘mdan iborat 87 ta loyiha, telekommunikatsiya sohasiga oid 15,1 trln. so‘mlik 35 ta loyiha, agrar sohaga oid 24 ta loyiha va IT-parklarga bo‘yicha 18 ta loyiha amalga oshirilishi belgilandi.

Xulosa o‘rnida shu aytishimiz mumkinki, yurtimizda elektron hukumatni keng joriy etilishi, avvalo, xalqimiz manfaatlari uchun xizmat qiladi. Bu esa yurtdoshlarmizning davlatmizga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.

Baxtiyer Ismailov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq