Samarqand shahridagi IT Park filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
21.12.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yilning 21-dekabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand shahridagi IT Park filialining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirinig birinchi o‘rinbosari O.Pekos va Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.

IT Park filialida It-mutaxassislar, frilanserlar, startap jamoalar ishlashi hamda yoshlarga sifatli taʼlim berish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Bino kovorking, rezidentlar va startapchilar uchun ofis joylari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quv xonasi, robototexnika, kibersport, uchrashuvlarni o‘tkazish xonalari (miting rumlar), konferents zal, intervyu zona, kafe va boshqa yordamchi xonalardan tashkil topgan.

Samarqand viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga yo‘naltirish bo‘yicha oxirgi yillarda bir qator samarali ishlar amalga oshirildi. Bugun tashkil etilgan IT-Park Samarqand hududiy filiali ham yoshlarni mazkur sohaga qiziqtirish, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga bir qator imtiyozlarni bergan holda, yanada kengroq va samarali faoliyat olib borishlari uchun imkoniyat yaratib beradi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlab chiqilgan mahsulotlar, loyiha va startaplarni hayotga tadbiq etish, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalarga joriy etishda ko‘prik vazifasini bajaradi.

Filial viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan yuridik shaxslar, oliy ta’lim muassasalari, hozirda Samarqand shahridagi 9-son umumta’lim maktabi negizida tashkil etilayotgan informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab bilan hamkorlik olib boradi.

Shuningdek, filial qoshida viloyatning har bir shahar va tumanlarida tashkil etiladigan o‘quv markazlar faoliyat olib boradilar. Hozirgi kunda 6 ta shahar va tumanlarda mazkur markazlar tashkil etildi. Joriy yil yakuniga yana 4 ta shahar va tumanlarda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlar ochiladi. Mazkur markazlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, robototexnika va kibersport yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat olib boradilar. Jumladan, markazlarda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ”Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha o‘qishlar tashkil etiladi.

Filial tashkil etilishi natijasida viloyatda 50 ta yangi IT korxonalar, 200 ta yangi ish o‘rinlari va 100 dan ortiq startap loyihalar ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq