Xorazmda Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyat boshladi
19.12.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 19-dekabr kuni Urganch shahar 30-son ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi negizida Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi tashkil qilinib ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Maktabning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirinig birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos onlayn ishtirok etdi.

Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi «Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4851-sonli qaroriga asosan Urganch shahar 30- son ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi negizida Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi tashkil qilindi.

Maktabda informatika, robototexnika xonalari va elektron kutubxona eng zamonaviy kompyuter texnikalari va axborot-kommunikasiya vositalari bilan «ALSKOM» sug’urta kompaniyasi homiyligida jihozlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq