Toshkent shahridagi Amiti universitetida IT-inkubatsiya markazi ochilishi va faxriy maslaxatchilar jamiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi
17.12.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

17-dekabr kuni Toshkent shahridagi Amiti Universitetida IT-Inkubatsiya markazi ochilishi va shu bilan birga faxriy maslahatchilar jamiyati taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Markaz ochilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi.

— Alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunga kelib esa Universitet talabalari o‘zlarining bir qator loyihalari bilan ko‘pchilik nazariga tushishga ham ulgurdi.

Ayni paytda biz ochilish marosimida qatnashayotgan IT-Inkubatsiya markazi ham ularni qo‘llab-quvvatlash va o‘z startaplarini haqiqiy kompaniyalar darajasiga olib chiqishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishga xizmat qiladi.

Shuningdek, talabalarning biznes loyihalar ustida ishlash hamda malakali mutaxassislar bilan uzviy aloqa o‘rnatish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Yana bir quvonarli voqea bu — Universitet qoshida Faxriy maslahatchilar jamiyati tashkil etilayotganidir va u o‘z oldiga universitetni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ta’lim bilan ishlab chiqarishning uzviyligini ta’minlash kabi qator muhim vazifalarni qo‘ygan.

O‘ylaymanki, mazkur markaz olgan bilimlaringizni amaliyotda sinab ko‘rish uchun munosib maydonchaga, Jamiyat esa Sizlarning doimiy maslahatchingizga aylanadi — dedi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov tadbirning ochilish marosimida.

Shu bilan bir qatorda, vazirlik va idoralar rahbarlari, xalqaro va mahalliy universitetlar rektorlari, yetakchi xususiy kompaniyalar rahbarlari ham qatnashdi.

IT-Inkubatsiya markazi ochilishining asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida boshlang‘ich biznes g‘oyalar va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va biznes loyihalar ustida ishlash maqsadida, Markaz talabalarni qo‘llab-quvvatlash, biznes loyihalar ustida ishlash, malakali mutaxassislar bilan chuqur aloqa o‘rnatish va bilim almashish maqsadida kelgusida talabalarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imkoniyatlar yaratadi.

Bundan tashqari, Universitet faxriy maslahatchilar jamiyatining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat organlari va tashkilot rahbarlari hamda xususiy sektor vakillari ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun:

2019-yilda Toshkent shahrida Amiti Universiteti ochilgan. Universitetning dunyoning rivojlangan davlatlarida o‘z kampuslariga ega. Ayni paytda universitetda 780 nafar talaba axborot texnologiyalari, kompyuter muhandisligi, iqtisodiyot, turizm menejmenti va biznes boshqaruvi yo‘nalishida tahsil olmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq