Namangan viloyatida 12 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi
16.12.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bir qator yirik loyihalar amalga oshirildi.

Joriy yil 28-aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.

Ushbu hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 15-dekabr kuni Namangan viloyatidagi barcha shahar va tumanlarida 12 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ish faoliyatini boshladi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari yangi zamonaviy ta’mirlanib, mebel, kompyuter va orgtexnika qurilmalari bilan jihozlandi.

Ularning umumiy maydoni 3 ming 817 kv.metrni tashkil etib, mebel jihozlari, ortexnika va 490 ta zamonaviy kompyuter bilan jihozlangan.

Markazlarning barchasi 15-dekabr kuni Namangan shahri va tumanlarida tantanali ochildi.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Sh.Egamberdiyev, Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzaqov, shahar va tumanlar hokimlari, vazirlik mas’ul xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdilar.

Tadbirlarda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, yosh dasturchilar, axborot texnologiyalarini o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq