UZTELECOM operator va provayderlar uchun narxlarni yana-da arzonlashtirmoqda
14.12.2020
Rukn: Internet.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” mavzusida soha korxonalari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjuman davomida mamlakatimizda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, shuningdek 2020-yil 5-oktyabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son Farmoni, Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, “Oʻzbektelekom” AK tomonidan 2020-yilda mamlakat operatorlari va provayderlariga koʻrsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari narxlarini pasaytirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilganligi haqida “Oʻzbektelekom” AK bosh direktorining tijorat masalalari boʻyicha oʻrinbosari Alisher Zufarov toʻxtalib oʻtdi.

IP-transport xizmatlari boʻyicha “Maʼlumotlarni uzatish magistral va multservis tarmoqlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Oʻzbektelekom” AK tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, joriy yilda transport tarmogʻining oʻtkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlarigacha 2 barobarga (400 Gbit/s. gacha), tuman markazlarigacha esa 4 barobarga
(40 Gbit/s. gacha) oshirilgan.

Mazkur loyiha boʻyicha ishlarning asosiy qismi yakunlanganligi munosabati bilan, 2021-yil 1-yanvardan transport kanallarini ijaraga berish xizmati joriy narxini 2 barobarga arzonlashtirilmoqda.

Transport tarmogʻi oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish va narxlarini arzonlashtirish operator va provayderlarning respublikamizning chekka hududlarida faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Har bir foydalanuvchi uchun xizmat narxini arzonlashtirish, barcha toifadagi abonentlar uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2020-yil noyabr oyidan operator va provayderlarga xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) orqali taqdim etiladigan 1 Mbit/s tezlikdagi kanal narxi oldingi tariflarga nisbatan 20 % ga arzonlashtirilib, 45 022 soʻm deb belgilandi.

2021-yil 1-yanvardan boshlab mazkur xizmat narxi 40 000 soʻmgacha arzonlashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Matbuot anjumani davomida kelgusida moʻljallangan sohaning taraqqiyot istiqbollari haqida soʻz yuritildi.

“Oʻzbektelekom” AK mamlakatimiz iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi uchun qulay vosita va ishonchli poydevor hisoblanadi.

“Oʻzbektelekom” AK aholi, biznes subyektlari, davlat idoralari, shuningdek Oʻzbekistonning operator va provayderlari uchun ilgʻor raqamli operator boʻlishga intilmoqda. Kompaniyaning bosh vazifasi – eng keng doirada qoʻllash uchun zamonaviy raqamli infratuzilmani taqdim etishdir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq