Andijon viloyati Asaka tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ishini boshladi
12.12.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Andijon viloyati Asaka tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

Markaz ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriligi Andijon viloyati xududiy boshqarmasi boshlig‘i Ziyodulla Samatov va Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixanov qatnashdi.

Markazga tashrif buyurgan mehmonlar mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan o‘quv xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Yoshlarni dasturlash, veb-dizayn, kibersport singari yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishga ixtisoslashgan markazda dasturlash bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari ham tashkil etilgan.

Ushbu markazlarni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarimizni dasturlashga o‘rgatish, ularga bu yo‘nalishda zamonaviy bilim berish, ular hayotda o‘z o‘rinlarini topishga, shu orqali daromadli bo‘lishishi, maqsad qilingan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq