Toshkent shahridagi Inha universtiteti ISO 9001:2015 va O’z DSt ISO 9001:2015 sifat sertifikatlarini oldi
11.12.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 11-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universtitetida sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standarti va O’z DSt ISO 9001:2015 milliy standarti talablariga muvofiqligi sertifikatlarini tantanali topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Sifat menejmenti tizimi sertifikati ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq Germaniyaning TÜV Thüringen sertifikatlashtirish idorasining rasmiy hamkori bo’lgan «SERT Management» xalqaro e’tirof etilgan sertifikatlash organi tomonidan amalga oshirildi.

«SERT MANAGEMENT» MCHJ direktori Riad Ibragimov Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalovga sertifikatni tantanali ravishda topshirdi.

ISO 9000 seriyali standartlariga muvofiq sifat menejmenti tizimi sertifikatining mavjudligi ta’lim muassasasining yuqori maqomini rasman tasdiqlash, reyting ko’rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

«Universitet ushbu sertifikatni olishi ta’lim sifatini yanada xalqaro miqyosda e’tirof etilishini anglatadi, — aytib o’tdi Toshkentdagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov.
Toshkent shahridagi Inha universiteti «Universitetning asosiy faoliyati va bugungi kunda erishayotgan natijalarining milliy va xalqaro sifat standartlariga muvofiqligining rasmiy e’tirofi»ga sazovor bo’ldi.

Ta’kidlash joizki, Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va logistika sohalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlamoqda, shuningdek, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi va O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish sohasida zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish uchun muvaffaqiyatli IT-kadrlar bo’lishga intilayotgan yoshlarga bilim va tajribani yetkazishga barcha sa’y-harakatlarni yo’naltirgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq