Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida Raqamli texnologiyalar markazi ochildi
07.12.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon va Quqon shaharlari va Dang‘ara, So‘x, Buvayda tumanlarida Raqamli texnologiyalar markazlari ochilib foydalanishga topshirilgan.

Navbatdagi oltinchi Raqamli texnologiyalar markazi kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida ochildi.

O‘quv markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, Yozyovon tuman hokimligi rahbar va xodimlari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Markazda ko‘rkam va shinam xonalar tashkillashtirilgan, zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi. O‘quv markazida yiliga Yozyovon tumanining 3 mingga yaqin yoshlariga axborot texnologiyalari, robototexnika va dasturlash asoslarini o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash maqsad qilib belgilandi.

Mazkur markazda yoshlarni kompyuter sportiga (kibersportga) jalb qilish, kibersport qoidalarini o‘rgatish, turli o‘yinlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o‘yinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq