O‘zbekistondagi “Samsung C&T Corporation” rahbari bilan uchrashub bo‘lib o‘tdi
04.12.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yil 4-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekistondagi “Samsung C&T Corporation” kompaniya vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi.

O‘zbekistondagi “Samsung C&T Corporation” kompaniyasi rahbari Ildo Kim AKT vazirligi tomonidan O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida yutuq va muvaffaqiyatlarga yuqori baho berib, kompaniya nomidan ushbu sohani kelgusi rivojlanishiga o‘z xissalarini qo‘shishga istak bildirdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli yo‘nalishlar, O‘zbekistonda AKT sohasi bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun:

Samsung C&T Corporation (Construction & Trading Corporation) – Samsung Group korporatsiya tarkibiga kiradigan kompaniya bo‘lib, injeneriya, qurilish, savdo, turizm va investitsiya sohalarida global loyilarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq