O‘zbekiston va Turkmaniston parlamentlari hamkorlik aloqalarini kuchaytiradi
01.12.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 30-noyabr kuni Oliy Majlisning Turkmaniston Majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha Parlamentlararo do‘stlik guruhining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda guruh a’zolari bo‘lgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, Turkmaniston parlamenti a’zolari, O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Akmaljon Kuchkarov, Turkmanistonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Yakzuli Mammedovlar ham ishtirok etdilar.

Onlayn uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan natijalar, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida tomonlarning o‘zaro bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlari, ikki davlat o‘rtasidagi manfaatli savdo-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy-gumanitar sohalardagi mavjud aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar hamkorlikni kengaytirishda parlamentlararo aloqalarni yanada chuqurlashtirish muhimligini qayd etgan holda, bu o‘z navbatida, barcha sohalarda munosabatlarni bundanda yangi bosqichga olib chiquvchi xalqaro shartnomalarni o‘z vaqtida ratifikatsiya qilinishida muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Muloqot chog‘ida har ikkala davlat parlamentlari vakillari Koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishi ko‘lamiga ham to‘xtalib, ushbu global tahdidga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston va Turkmanistonda ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida fikr almashdilar. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, pandemiyaning ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarga salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Tomonlar kelajakda ham xalqaro tashkilotlar doirasida har ikki mamlakatning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida yakdil ekanliklarini bildirdilar.

Onlayn muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashda parlamentlarning rolini kuchaytirishga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq