Ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomasini onlayn ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
01.12.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Raqamlashtirish jarayonlarida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga elektron hukumatning tamoyillarini keng joriy qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida nafaqat vaqtni, mehnat va moliya harajatlarini tejashga yordam beradi, eng asosiysi, fuqarolarimiz uchun qulaylik yaratib beradi, ularga qator xizmatlarni tezkor ravishda taqdim etishga zamin yaratadi.

Ta’kidlash kerakki, so‘ngi ikki yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga nazar soladigan bo‘lsak, mamlakatimizda zamonaviy elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro hamkorligining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borildi.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqilgan (https://my.gov.uz). Bugungi kunda Yagona portal orqali 217 ta elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda. Yil yakuniga esa ushbu ko‘rsqtqichni 230 gacha yetkazishi rejalashtirilgan.

Yagona portalga oxirgi paytlarda integratsiya qilingan dolzarb xizmatlardan biri — ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomasini soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishdir. Mazkur xizmatga aholi tomonidan talab juda yuqori, chunki ko‘pchiligimiz turli hayotiy vaziyatlarga, masalan, ishining o‘zgarishi, o‘qishga kirishi, yangi manzilga ko‘chishi va boshqa sabablar tufayli ijara bilan bog‘liq muammolarga duch kelamiz.

Endi jismoniy shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi xizmati orqali ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomasini soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. Xizmat to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, shartnomaning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumot tezkor taqdim etiladi. Shartnoma avtomatik ravishda tuziladi. Shuningdek, shartnoma muddati tugagach, uni bekor qilish hamda qayta tuzish imkoniyati ham mavjud. Mazkur xujjatdan foydalanish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/376

Ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda amalga oshirilyatgan raqamli islohotlarning bosh maqsadi fuqarolarimizga har vaqt va har holda sifatli va qulay xizmatlarni ko‘rsatishdir. Va shu tarzda elektron hukumat tizimini rivojlantirishi raqamli islohotlarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq