Qоnun loyihasi mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi
30.11.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Ayni kunlarda parlament quyi palatasi qo‘mitalarida ish qizg‘in kechmoqda. Xalq vakillari mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan qonun loyihalari ustida faol ish olib borishyapti. Yangi tahrirdagi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ham ana shulardan biridir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zolari mazkur qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlayaptilar.

Ta’kidlanganidek, qonun loyihasining ishlab chiqilishidan asosiy maqsad – ochiq va shaffof, barqaror, samarali va yaxlit davlat xaridlari tizimini yaratish. Ushbu loyiha iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bo‘yicha davlat investitsiya dasturlarini samarali amalga oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni tatbiq etishga qaratilgan innovatsiyalarni rag‘batlantirish va ushbu sohada ilg‘or axborot texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.

Ishchi guruh a’zolari ta’kidlaganidek, mazkur qonun loyihasi mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash, yurtimizning jahon miqiyosidagi obro‘sini yanada oshirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda muhim huquqiy asos bo‘ladi.

Yangi tahrirdagi qonun loyihasini ishlab chiqishda davlat xaridlari bo‘yicha xalqaro tajribalar, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlaridagi normalar o‘rganilgan. Ishchi guruh a’zolari tomonidan qonun loyihasining har bir moddasi atroflicha muhokama qilinib, pishiq-puxta holatga keltirildi. Qo‘mita a’zolari qonun loyihasi parlament quyi palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritishga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq