PIIMA maktablarida axborot taʼlim tizimlari joriy etiladi
29.11.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) Integrated Technology Laboratory LLC va INTELA EDUCATION UZBEKISTAN kompaniyalari bilan birga taʼlim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga kelishib oldi.

PIIMA direktori Hilola Umarova, Integrated Technology Laboratory LLC direktori Andrey Moskalev va INTELA EDUCATION UZBEKISTAN direktori Shaxnoza Aziz-Kariyevalar oʻzaro hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Ushbu memorandumning asosiy maqsadi mamlakatimiz maktab taʼlimi tizimida hamkorlikda innovatsion gʻoyalar, zamonaviy texnologik yechimlarni joriy qilish va targʻib qilish hamda taʼlim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilishdan iborat.

Jumladan, hamkorlik doirasida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda blokcheyn va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilgan holda taʼlim muassasalarida axborot taʼlim tizimlarini (Digital Diplomas) joriy etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari taʼlim jarayoniga masofaviy (onlayn) oʻqitish texnologiyalarini (Moodle, Canvas, BalckBoard) va bulutli texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha hamkorlik qilinadi. Onlayn taʼlimni samarali joriy qilish maqsadida kerakli normativ-huquqiy baza yaratish uchun takliflar ishlab chiqiladi.

Tomonlar Intela Education Portals platformasi asosida onlayn taʼlim tizimini yaratish va maktablarda joriy qilishni rejalashtirmoqdalar.

Hamkorlikning yana bir yoʻnalishi agentlik tasarrufidagi maktablar oʻquvchilari va oʻqituvchilari uchun axborot texnologiyalari boʻyicha maxsus seminarlar, treninglar va mahorat darslari tashkil etish boʻladi.

— Integrated Technology Laboratory LLC va INTELA EDUCATION UZBEKISTAN kompaniyalari bilan hamkorlik agentlik tizimidagi maktablarida tahsil olayotgan oʻquvchilarga yangi imkoniyat yaratib beradi. Ular axborot texnologiyalari yordamida oʻz bilimlarini yana-da mustahkamlab boradilar. Bu esa, agentlik tizimida taʼlim sifatini yana-da oshirishga koʻmak beradi, deb taʼkidladi PIIMA direktori Hilola Umarova.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq