Konstitutsiya yoshlar huquqlari kafolati bo‘lmoqda
28.11.2020
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Davlat jamiyat boshqaruvida ham, biznesni taraqqiy ettirishda ham, umuman, barcha soha rivojida salohiyati yoshlar muhim o‘rin tutadi. Yoshlar jamiyat uchun “yangi qon” vazifasini o‘taydi. Yangidan-yangi tashabbus-g‘oyalarni ilgari surish, zamonaviy ish yuritish uslublarini jorish qilishda ularning nuqtai nazari va sa’y-harakatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Konstitutsiyamizda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, oila qurish, yashash joyiga ega bo‘lish hamda o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishi uchun sharoit yaratilishi huquqiy ifodasini topgan.

Hozirgi vaqtda yurtimizda aholining oltmish foizidan ortig‘ini tashkil etayotgan navqiron avlod uchun davlat tomonidan keng qamrovli tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.
Yosh avlodning sog‘lom bo‘lib o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 5 ta muhim tashabbusni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Yigit-qizlarimizning biznes loyihalari uchun “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida 719 mlrd. so‘mlik 4 633 ta biznes loyiha amalga oshirilgan. Hududlarda 125 ta “Yoshlar mehnat guzari”, 19 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol qatnashib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarga 1 731 ta “Yoshlar uylari” qurilib, foydalanishga topshirildi.

Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bog‘chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshootlari, “Temurbeklar maktabi”, “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari” deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

Ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi, maktab ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim qayta joriy etildi. Viloyatlarda yangi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy va ijodiy markazlar tashkil etilmoqda. Oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalari sezilarli darajada kengaytirildi. Sirtqi va kechki oliy ta’lim shakllari tiklandi. Keyingi uch yil ichida 15 dan ortiq rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlari filiallari ochildi.

Bu dargohlarda ta’lim-tarbiya olgan yoshlar mamlakatimizning kuch-qudrati, dunyodagi mavqeini oshirishga xizmat qilishiga ishonamiz.

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda, bosqichma-bosqich, kompleks chora-tadbirlarga asoslangan holda izchil davom ettirilmoqda. Kontstitutsiyamiz yoshlar huquqlari ta’minlanishining asosiy kafolati bo‘lmoqda.

Dilbar Mamadjanova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq