IT Parkning «Zucco Academy» rezidentlari Toshkent shahrida joylashgan 9-maktabga tashrif buyurdi
28.11.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 25-noyabr kuni Toshkent shahridagi 9-maktabda mehmon boʻlgan «Zucco Academy» rezidentlari maktab oʻquvchilariga axborot texnologiyalari sohasi, uning istiqbollari va afzalliklari haqida soʻzlash bilan bir qatorda, Oʻzbekiston va xorijdagi IT-mutaxassislarning statistikasi bilan oʻrtoqlashdi.

Bundan tashqari, hozirgi kunda mehnat bozorining barcha sohasida bu kabi mutaxassislarga boʻlgan talabning oʻsish sabablariga qisqacha toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, mehmonlar maktab oʻquvchilariga hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan oʻquv markazlari, mavjud kurslar, “One Million Uzbek Coders” platformasi va har kim foydalanishi mumkin boʻlgan cheksiz imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi.

IT Park vakillari ilgari axborot texnologiyalarini oʻrganish va shu soha mutaxassisi boʻlish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud boʻlmagani, shuningdek, sohada muvaffaqiyatga erishish ancha qiyin kechganini alohida taʼkidladilar. Hozir esa, yoshlarda oʻz orzularini roʻyobga chiqarish uchun barcha kerakli manba va imkoniyatlar mavjud.

Uchrashuv soʻngida oʻquvchilar barcha savollariga javob olish barobarida, rezidentlar bilan suhbat qurib, IT sohasiga oid ayrim masalalar boʻyicha ularning fikrini bildilar, sohaga oid bilim hamda qiziqishlarini oshirdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq