Navoiy viloyati Nurota tumanida Raqamli texnologiyalar markazi ochildi
27.11.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

Navbatdagi Raqamli texnologiyalar markazi Navoiy viloyatining Nurota tumanida ochildi. Mazkur markaz “O‘zbekiston pochtasi” AJ Navoiy filialining Nurota pochta aloqasi tarmog‘i binosida tashkil etildi.

O‘quv markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi, Nurota tumani hokimligi, keng jamoatchilik vakillari hamda tuman yoshlar ishtirok etdilar.

Mazkur o‘quv markaz eng zamonaviy kompyuter jamlanmalari, robototexnika qurilmalari hamda kibersportni rivojlantirish uchun jihozlari bilan ta’minlangan. Shuningdek, markaz yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, shu bilan bir qatorda Wi-Fi hududi ham tashkil etilgan.

Ushbu markazda yoshlar uchun kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi va dizayn, robototexnika, veb dizayn asoslari, dasturlash tillari, veb va mobil ilovalarni yaratish kabi o‘quv kurslari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbar va xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq