Raqamli iqtisodiyotning qonunchilik asoslarini takomillashtirish masalasi muhokama markazida bo‘ldi
20.11.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan “Raqamli iqtisodiyotning qonunchilik asoslarini rivojlantirish” mavzusida davra suhbati videokonferens aloqa shaklida o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda axborot texnologiyalari inson faoliyati sohalariga qanchalik tez joriy etilayotgan bo‘lsa, mazkur sohalar shu darajada tez rivojlanmoqda. Endilikda, yurtimizda idoralararo hujjat aylanishi, iqtisodiyot, ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi aynan axborot texnologiyalarining joriy etilishiga bog‘liq.

Har qanday sohani rivojlantirishda eng avvalo, ushbu sohaning huquqiy asoslarini ishlab chiqish kerak. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning qonunchilik asoslarini rivojlantirish bo‘yicha qator qonun hujjatlari qabul qilingan. Mazkur hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari, ekspertlar va olimlardan iborat ishchi guruh tashkil etilgan.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, global raqamli iqtisodiyot amaliyotiga milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirgan holda raqamli iqtisodiyotning qonunchilik asoslarini rivojlantirish bugungi kun talablaridan biridir.

Shundan kelib chiqib, tadbirda raqamli iqtisodiyotning qonunchilik asoslari, jumladan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar olindi.

Tadbirda deputatlar ma’ruzachilarga bir qator savollar bilan murojaat qilib, o‘z takliflarini berdilar.

Tadbir so‘ngida bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar asosida qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq