Istiqbolli hamkorlik bo‘yicha masalalar muhokama qilindi
20.11.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yil 19-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “OMKONTROL” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.

Yig’ilish chog‘ida axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalarni rivojlantirish hamda eng yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boyicha fikr almashildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun:

“OMKONTROL” — Rossiya bozoridagi yirik infratuzilma va ijtimoiy obyektlarni boshqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri. Kompaniya tomonidan qator xizmatlar ko‘rsatiladi, jumladan mahsus dasturiy mahsulotlarni joriy etish va texnik yordam taqdim etishdan boshlab obyektlarga muhandislik xizmat ko‘rsatish.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq