Shahrisabz tumanida yangi IT Markaz
17.11.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 13-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yangi IT Markazi ochilishi boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarma boshligʻi Aripjanov Fayzulla, IT Park hududlarini qoʻllab-quvvatlash menejeri Anvarov Mirabbos, Shahrisabz tuman hokimi oʻrinbosari Rahmonova Shahlo ishtirok etdi.

IT Markaz Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani, Fusunkor koʻchasi, Uztelecom binosida joylashgan.

Bino zamonaviy asbob-uskunalar, 28 ta kompyuter (jumladan, kibersport uchun moʻljallangan kompyuterlar) va boshqa zarur manbalar, shu jumladan konditsioner, qulay mebel va boshqalar bilan jihozlangan. Boshqacha aytganda, mazkur IT Markazda boʻlajak oʻrganuvchilar tahsil olishi uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.

Shuni taʼkidlash joizki, Shahrisabzdagi mazkur IT Markazda oyiga 250 nafardan ziyod boshlangʻich mutaxassislar yetishtirilib, ular kelgusida Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshishi va mahalliy IT mutaxassislarning toʻliq salohiyatini butun dunyoga namoyish etishi mumkin.

Boshqa IT Markazlarida boʼlgani kabi Shahrisabzdagi markazda ham yosh oʼrganuvchilar uchun quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha tahsil olish imkoniyati taqdim etiladi:

— Kompyuter savodxonligi;

— Chuqurlashtirilgan MS Office;

— Veb dasturlash tillari;

— Grafika va dizayn asoslari;

— Mobil ilovalarni yaratish;

— Python dasturlash tili;

— Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar;

— Va kibersport: CS:GO, Dota2, FIFA20.

Kibersport sohasi Oʻzbekistonda ushbu sanoatni rivojlantirish va mamlakatimizni jahon miqyosida munosib tarzda namoyish etib, xalqaro kibersport musobaqalarida gʻolib chiqishi mumkin boʻlgan milliy terma jamoani tashkil etish maqsadida barcha IT markazlari oʻqitish dasturiga kiritilgan.

Maʼlumot uchun:

Bugungi kunda mamlakatimizda 63 ta IT markazi ochildi. 2021-yil yakuniga qadar butun Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab 203 ta IT markaz ochilishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq