Raqamli rivojlanish uchun muhim poydevor
17.11.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmani barpo etilishi raqamli iqtisodiyoti rivojlanishining eng muhim omillaridan biri. Bu borada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilda Internet tarmog‘iga 1 millionta keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. Bundan tashqari, 19 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurilib, uning liniyalari kengaytirilmoqda.

Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi. Xizmat miqyosini kengaytirish maqsadida 3 mingtaga yaqin mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatilib, ularning jami soni 29 mingtaga yetkazildi va aholi maskanlarida uning qamrovi 97 foizga hamda yuqori tezlikdagi yo‘nalishi 84 foiz yetkazildi. Aholining keng polosali mobil xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali tomonidan mavjud 3 000 dan ortiq baza stansiyalari modernizatsiya qilindi.

Bugungi kunga qadar telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish ishlari asosida mavjud 19 462 ta ijtimoiy soha ob’ektlaridan hozirgi kunga qadar 71 foizi, jumladan, 10 154 xalq ta’limi ob’ektlaridan 6 827 tasida, 5 781 ta maktabgacha ta’lim muassasalaridan 4 374 tasida va 3 524 ta sog‘liqni salash ob’ektlaridan 2 668 tasida optik tolali aloqa liniyalari asosida yuqori tezlikdagi Internet xizmatlaridan foydalanishga imkoniyati yaratildi.

Respublikani kelgusi raqamli rivojlanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmon bilan hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish doirasida 2022-yilgacha qator vazifalar belgilandi:

— respublika bo‘ylab qurilgan optik tolali aloqa umumiy uzunligini 70 ming kilometrgacha yetkazish;

— ijtimoiy ob’ektarning yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘i bilan ta’minlanganlik darajasini 100 foizgacha yetkazish;

— aholi punktlarining keng polosali mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrov darajasini 100 foizgacha yetkazish.

Bularning barchasi aholiga sifatli va zamonaviy telekommunikatsiya va raqamli xizmatlarni ko‘rsatish hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish deb maqsad ko‘rsatilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq