TATU talabalari “mGovAward” tanlovida gʻolib boʻlishdi
12.11.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 11-noyabr kuni Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida “mGovAward”davlat xizmatlari mobil ilovalarini yaratish boʻyicha tanlov gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tanlovda TATU Qarshi filiali “Dasturiy injiniring” fakulteti talabasi “Roboteach” masofaviy taʼlimga oid android ilovasi bilan faxrli birinchi oʻrinni, TATUning “Kompyuter injiniring” va “Dasturiy injiniring” fakultetlari talabalari “Sahiya” dasturiy mahsuloti bilan uchinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.

“Roboteach” – masofaviy taʼlimga oid android ilova xisoblanib, ilovada ingliz tilini oʻrganish uchun video dastur va testlar yuklangan. Ilovada ingliz tilining boshlangʻich etapdagi darslari oʻzbek tilida tushuntirilgan boʻlib, etaplar murakkablashgani sari darslar ingliz tilida tushuntirila boshlaydi. Mavzular toʻliq oʻzlashtirilganligini tekshirish maqsadida har bir darsga oid testlar majmuasi ham shakllantirilgan.

Sahiya – nogiron kishilarga, shuningdek, sogʻlom odamlarga hayotlarining turli jabhalarida yordam berish uchun moʻljallangan universal tizim. U koʻp qirrali, sozlash oson shuning uchun ham keksa va yosh odamlarga mos keladi. Loyiha mashinani oʻrganish va sunʼiy idrok bilan ishlaydigan tizimga asoslangan dastur platformasidir.

“Sahiya” loyihasi rahbari “Informatika asoslari” kafedrasi assistenti Zarif Qodirov.

“mGovAward” eng yaxshi davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish boʻyicha tanlov IT Park tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida Birlashgan Arab Amirliklari Davlat ishlari vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tanlovning asosiy gʻoliblari TATU talabalari boʻlganligi quvonarli xoldir!

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, mazkur tanlovga jami 260 ta jamoa nomidan arizalar qabul qilinib, ularning 97 nafari keyingi bosqichga oʻtkazilgan. Tanlovning barcha bosqichlaridan oʻtganidan soʻng 7 ta mobil ilova final bosqichiga loyiq koʻrilgan.

“mGovAward” gʻoliblari quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin — $50,000

2-oʻrin — $30,000

3-oʻrin — $20,000

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq