Qarshi shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
12.11.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning uchunchi yo‘nalishi — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida Respublika bo‘ylab Raqamli o‘quv texnologiyalari markazlari tashkil qilinmoqda.

Navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi Qarshi shahrida ochildi.

Qarshi shahridagi markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Q. Yuldashev, Vazirlik Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari, Qarshi shahar hokimligi rahbarlari va xodimlari hamda tuman faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi. Markazda axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kusrlarni tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek mazkur markazda tumandagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish ko‘zda tutilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq