Arzon tariflar va keng imkoniyatlar: UZTELECOM bulutli UZCLOUD.UZ videokonferensaloqa platformasini taqdim etadi
12.11.2020
Rukn: Internet.
Muallif: .

Koronavirus pandemiyasi davrida masofadan turib ta’lim olish, xodimlarning masofaviy ishlashi va hatto butun ofislar uchun turli videokonferensaloqa platformalari butun dunyoda eng kerakli vosita bo‘lib qolmoqda. Onlayn ish va o‘qishni tashkil etish xarajatlarini optimallashtirish uchun UZTELECOM ma’lumotlar markazi bazasida videokonferensiyalar uchun qulay va ko‘p tarmoqli platforma xizmatlarini taklif etadi. Yana bir muhim jihati shundaki, bu xizmat mahalliy «Uz-IX» va «TAS-IX» tarmoqlarida tashkil etilgan bo‘lib, xizmatlarning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bulutli UZCLOUD.UZ video-konferens-aloqa xizmatlarining funksional imkoniyatlari juda ham xilma-xil va bu esa buyurtmachiga osonlik bilan Onlayn-dars, Onlayn-ofis hamda Onlayn-konferensiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Bu hali hammasi emas! Kompaniya foydalanuvchilar uchun qulay va arzon tarif rejalarini ham taklif etadi:

Har bir tarif reja uchun konferensiyaning davomiyligi cheklanmagan va 5 GB hajmdagi bulutli ma’lumotlarni saqlash joyi taqdim etiladi.

Bunda:

— Konferensiya tashkilotchisi videokonferensiyani boshqarish bo‘yicha barcha huquqlarga ega.

— Ishtirokchilar teng huquqli ravishda muloqot qilish, ish stolini namoyish etish va konferensiya tashkilotchisi tomonidan ruxsat etilgan har qanday funksiyalardan foydalanishlari mumkin.

— Boshlovchining videosi barcha konferensiya ishtirokchilariga videooynalarda uzatiladi.

— Fayllar va konferensiyani yozib olish uchun disk maydoni taqdim etiladi.

— Barcha tarif rejalarida konferensiyani yozib olish hajmi tarif rejasi bo‘yicha ruxsat etilgan hajmdan oshib ketgan hollarda, konferensiya yozuvini 24 soat davomida yuklab olish mumkin bo‘ladi. 24 soat o‘tgach, yozuv o‘chiriladi.

“Qulay video-konferens-aloqa” aksiyasida ishtirok eting va xizmatlarimizni to‘liq 30 KUN BEPUL sinovdan o‘tkazing!

Muayyan mijozlar video-konferens-aloqa platformasining imkoniyatlari va sifatini sinab ko‘rishlari uchun, UZTELECOM 2020-yil 30-noyabrga qadar “Qulay video-konferens-aloqa” maxsus aksiyasini o‘tkazmoqda.

Aksiya doirasida “BEPUL ONLAYN-DARS” va “BEPUL ONLAYN-OFIS” tarif rejalaridan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.

Aksiyali tarif rejalardagi xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida, UZCLOUD.UZ sahifasida ro‘yxatdan o‘tgan barcha jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.

“BEPUL ONLAYN-DARS” aksiyali tarifi bo‘yicha 40 nafargacha o‘quvchilar ishtirokida 30 kun davomida BEPUL videokonferensiya o‘tkazish imkoniyati taqdim etiladi. Shu bilan birgalikda, konferensiya davomiyligi cheklanmagan va 1 GB hajmdagi bulutli ma’lumotlarni saqlash joyi taqdim etiladi.

Biznes uchun maxsus “BEPUL ONLAYN-OFIS” aksiyali tarif rejasi joriy etildi, bunda 30 kun davomida 4 nafar xodimgacha video-konferensiya o’tkazish imkoniyati mutlaqo bepul taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, konferensiya davomiyligi cheklanmagan va 1GB hajmdagi bulutli ma’lumotlarni saqlash joyi taqdim etiladi.

Hech kimga sir emaski, bugungi kunda O‘zbekistondagi aksariyat foydalanuvchilar xorijiy video-konferens-aloqa platformalaridan foydalanishmoqda, bu esa har doim ham xizmatning yuqori sifatli yoki turli imkoniyatlarni taqdim etadi degani emas. Shuningdek, aksariyat hollarda foydalanuvchilar pullik obunalarni sotib olish uchun xorijiy valyutada to‘lovlarni amalga oshirishda ham ma’lum bir qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.

Kompaniyaning bulutli ma’lumotlar markazi (data-sentr) va “UZ-IX” hamda “TAS-IX” mahalliy tarmoqlarida joylashgan resurslarning ixtisoslashgan UZCLOUD.UZ sayti bazasida tashkil etilgan videokonferensiyalar uchun platforma keng imkoniyatlardan va taqdim etilayotgan servisning sifatidan to‘liq foydalangan holda pulingizni tejash imkonini beradi. Bundan tashqari, xizmatlar uchun to’lovni O‘zbekistondagi mavjud to‘lov tizimlari orqali bir zumda amalga oshirishingiz mumkin, bu esa o‘z navbatida barcha foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulaylikdir.

Ishtirokchilar uchun hech qanday ro‘yxatdan o‘tish zarur emas… bu degani eng foydali funksiyalar hamda imkoniyatlardan foydalanib qoling!

Tugmani bir bosish bilan video-uchrashuvlarni o‘tkazing. Arzon, xavfsiz, qulay!

Batafsil ma’lumot UZCLOUD.UZ saytida.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq